| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Markaziy Osiyo1 daqiqada oʻqiladi4 397 marta oʻqildi

Qozogʻiston bilan chegara oʻtkazish punkti bir necha oy yopiladi

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar va jismoniy shaxslar diqqatiga!

Qozogʻiston bilan chegara oʻtkazish punkti bir necha oy yopiladi

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar va jismoniy shaxslar diqqatiga!

Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi rasmiy maʼlumotiga koʻra, Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “B.Konisbayev” chegara oʻtkazish punktida qayta qurish va kengaytirish ishlari olib borilishi munosabati bilan, 2019 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur chegara oʻtkazish punktida piyoda ravishda harakatlanayotgan jismoniy shaxslar, yengil avtotransport va 3,5 tonnagacha yuk koʻtarish qobiliyatiga ega boʻlgan yuk avtotransport vositalarining harakati 2020 yilning 1 yarmiga qadar toʻxtatilishi bildirilgan.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tovar hamda transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtuvchi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, yengil avtotransport vositalari haydovchilari va piyoda ravishda harakatlanuvchi jismoniy shaxslarga vaqtlarini tejash, sarf-xarajatlarning oldini olish maqsadida oʻzbek-qozoq chegarasida joylashgan boshqa muqobil oʻtkazish punktlari orqali harakatlanishlari mumkinligini maʼlum qiladi.

Eslatib, oʻtamiz, Qozogʻistonning “B.Konisbayev” chegara oʻtkazish punkti Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Yallama” chegara oʻtkazish punktiga tutash hisoblanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ