| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Markaziy Osiyo1 daqiqada oʻqiladi865 marta oʻqildi

Qobul Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qoʻshilish niyatida

Toshkent shahar hokimligida Qobul shahri hokimining oʻrinbosari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Qobul Toshkentning birodarlashgan shaharlari safiga qoʻshilish niyatida

Toshkent shahar hokimligida Qobul shahri hokimining oʻrinbosari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzaro muloqot davomida Toshkent va Qobul oʻrtasida turli sohalarda oʻzaro manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish hamda rivojlantirish masalasi muhokama etildi.Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Sharof Rahmonov Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlarga toʻxtalar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatlarimiz va xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarilganligini eʼtirof etdi.

Xususan, Toshkent va Qobul oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga eʼtibor qartib, juda koʻp sohalarda hamkorlik aloqalarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari keng ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Suhbat davomida Qobul shahar hokimining ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Muhammad Fozil Sharifiy doʻstona qabul va oʻzbekona mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimizning doʻstlik va hamkorlik aloqalari uzoq tarixga borib taqalishini maʼlum qildi.

Toshkentdagi oʻzgarish va yangilanish jarayonlarini, madaniy merosga eʼtibor va barcha sohalargi yutuqlarni eʼtirof etib, Oʻzbekiston poytaxtining bu yoʻnalishdagi tajribasi ular uchun muhimligini aytib oʻtdi va oʻzaro hamkorlik borasida qator takliflarini bayon qildi.

Bugungi kunda Toshkent bilan birodarlashgan shaharlar koʻpligini qayd etib, Qobul tomoni ham ularning safiga qoʻshilish niyatida ekanligini bildirdi. Shuningdek, ayni paytda Qobulda Temuriylar va Bobur davrida qurilgan tarixiy inshootlar borligini qayd etib, ularni rekonstruksiya qilishda bizning mutaxassislar maslahati va amaliy yordami ahamiyatli boʻlishini taʼkidladi. Shahrimizdagi bozorlarning ish tajribasini oʻrganish, Toshkent va Qobul hayvonot bogʻlari oʻrtasida mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, chiqindilarni yigʻish va utillashtirish yoʻnalishida hamkorlik qilish boʻyicha takliflarini aytib oʻtdi. Mehmonning soʻzlariga koʻra, ayni paytda Qobuldagi hayvonot bogʻining hududi 6 gektardan iborot boʻlib, hukumat tomonidan unga yana 20 gektar yer qoʻshib berildi. Shu sababli Qobul hokimligi bogʻ faoliyatini rivojlantirish uchun iqlimi oʻxshash boʻlgan hududlarning shaharlari bilan yaqindan hamkorlikni oʻrnatish harakatida.

Sharof Rahmonov Qobul hokimligining hamkorlik takliflari Toshkent uchun ahamiyatli ekanligini qayd etdi va bundan buyon tomonlar oʻrtasidagi aloqalar muntazam rivojlanib borishiga ishonch bildirdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ