Isteʼmol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari pasayishi qayd etildi
Qovun, pomidor, qovoq, tarvuz, nok, loviya, kartoshka, uzum, olma oʻrtacha narxlari pasaygan, bugʻdoy uni, parranda goʻshti, noʻxat, sut, shakar arzonlashdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 4 avgust holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.
Maʼlumot uchun: indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).
Natijada quyidagilar aniqlandi:
2020 yil 4 avgust holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada oʻtgan haftaga nisbatan -0,21% tashkil etdi.
Maʼlumot uchun: qovun, pomidor, qovoq, tarvuz, nok, loviya, kartoshka, uzum, olma kabi mahsulotlar narxi oʻrtacha pasaydi va shu bilan bir qatorda bugʻdoy uni, parranda goʻshti, noʻxat, sut, shakar kabi mahsulotlar narxlari ham arzonlashdi. Xususan, qovunning narxi (1 kg) -7,58% ga pasayib, 2606 soʻmni tashkil etdi. Pomidor (1 kg) kabi mahsulotlarning oʻrtacha narxi 3118 soʻm (-6,18%), qovoq (1kg) 2764 soʻm (-5,83%), tarvuz (1kg) 1422 soʻm (-4,47%), nok (1kg) 14043 soʻm (-2,53%), loviya (1kg) 15442 soʻm (-2,24%). Olmaning oʻrtacha narxi (1 kg) -1,17 % pasayib, 9216 soʻmni, uzum (1 kg) -1,52 % tushib, 9676 soʻmni tashkil etdi. Shakar (-0,07%), sut (-0,08%), noʻxat (-0,17%), parranda goʻshti (-0,26%) va bugʻdoy uni (-0,43%) kabi mahsulotlar narxlarining bir oz pasayishi qayd etildi, (1-jadval).
Goʻsht turlarining narxi oʻtgan haftaga nisbatan biroz koʻtarildi.
Maʼlumot uchun: oziq-ovqat mahsulotlari oʻrtacha narxlarida sabzi (+ 1,97%) va bodring (-1,34%)narxlarida oʻsish kuzatildi va mos ravishda 2461 soʻm va 2553 soʻmni tashkil etdi. Qoʻy goʻshti (+ 0,78%), mol goʻshti (+ 0,47%) va baliq (+ 0,99%) narxlarida biroz oʻsish kuzatildi va respublika boʻyicha oʻrtacha 1 kilogramm uchun mos ravishda 54923 soʻm, 52797 soʻm va 23105 soʻmni tashkil etdi (1-jadval).
1-jadval. 4 avgust holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oʻtgan haftaga nisbatan oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika xizmati tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Hududlar boʻyicha Andijon va Toshkent viloyatlarida oziq-ovqat narxlari indeksining mos ravishda -1,35 va -1.44% ga pasayishi kuzatildi. Jizzax (-0,55%), Navoiy (-0,70%), Namangan (-0,34%), Surxondaryo (-0,19%), Fargʻona (-0,49%) viloyatlari va Toshkent shahrida ( -0,11%) oziq-ovqat narxlari indeksining pasayishi kuzatildi, bu esa ushbu xududlarda oziq-ovqat narxlarining pasayishini kuzatildi. Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat narxlari indeksining koʻrsatkichlari + 1,40% ni tashkil etdi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oʻtgan haftaga nisbatan oshganligidan dalolat beradi. Shuningdek, narxlar indeksining oʻsishi Qoraqalpogʻiston Respublikasida (+ 0,18%), Buxoro (+ 0,63%), Qashqadaryo (+0.99) va Xorazm (+ 0,12%) viloyatlarida kuzatildi.
Samarqand viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari narxlar indeksi deyarli oʻzgarmadi, bu esa oʻtgan haftaga nisbatan oziq-ovqat narxlarining barqarorligidan dalolat beradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat: avtomobil narxiga nima taʼsir qiladi?

Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday oʻzgarish boʻldi?

Oʻtgan haftada oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi

