Isteʼmol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksi oʻtgan haftaga nisbatan biroz oshdi
Mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oʻtgan haftaga nisbatan pasaydi. Goʻsht mahsulotlaridan baliq narxida oʻsish kuzatildi. Boshqa goʻsht mahsulotlarida sezilarli oʻsish qayd etilmadi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 28 iyul holatiga koʻra, aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.
Maʼlumot uchun: indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).
Natijada quyidagilar aniqlandi:
2020 yil 28 iyul holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada oʻtgan haftaga nisbatan +0.30% tashkil etdi.
Maʼlumot uchun: piyoz, sabzi olma, uzum, kartoshka, tuxum va baliq kabi mahsulotlar narxida oʻtgan xaftaga nisbatan oʻsish kuzatildi. Xususan, piyoz (1kg) narxi +3.46% ga oshib 1794 soʻmni tashkil etdi. Sabzining (1kg) oʻrtacha narxi +2.07% ga oshib, 2413 soʻmni tashkil etdi. Olmaning (1kg) oʻrtacha narxida ham +2.21% oʻsish qayd etilib, 9326 soʻmga teng boʻldi. Uzumning (1kg) oʻrtacha narxi respublikada 9825 soʻmni (+0.96% ga oʻsish) tashkil qildi. Kartoshka (1kg) va tuxum (10 dona) kabi mahsulotlar narxida oʻtgan haftaga nisbatan +0.74% oʻsish kuzatilib, mos ravishda 3824 va 8615 soʻmga teng boʻldi. Goʻsht mahsulotlaridan baliq narxi 1 kg uchun 22876 soʻmni (+0.77% oʻsish) tashkil qildi. Boshqa goʻsht mahsulotlarining narxida sezilarli oʻsish qayd etilmadi va mol goʻshti (1kg) 52551 soʻmga (+0.43% oʻsish), qoʻy goʻshti (1kg) 54498 soʻmga (+0.38% oʻsish) va parranda goʻshti (1kg) 21172 soʻmga (+0.12% oʻsish) teng boʻldi, (1-jadval).
1-jadval. 28 iyul holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi oʻtgan haftaga nisbatan oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika xizmati tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Shuningdek, mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari keskin pasaygani kuzatildi.
Maʼlumot uchun: poliz ekinlari narxlari sezilarli tushib, qovun narxi oʻtgan haftaga nisbatan -9.38% pasaydi va respublika boʻyicha 2820 soʻmni tashkil etdi. Qovoq narxi -9.31% pasaygan boʻlib, 2935 soʻmni tashkil etdi. Tarvuz narxida -4.24% pasayish qayd etildi va 1489 soʻmga teng boʻldi. Pomidor va bodring narxlari mos ravishda 3323 soʻm va 2519 soʻmni tashkil etdi. Nokning oʻrtacha narxi -1.80% ga pasayib 14408 soʻmni tashkil etdi. Sut narxi 5371 soʻmni (-0.11%) tashkil etdi.
Shakar va loviya narxida deyarli oʻzgarishlar sezilmadi, (1-jadval).
Hududlar boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari narxlari indeksining pasayishi Xorazm (-0.54%), Jizzax (-0.45%), Surxandaryo (-0.11%), Fargʻona (-0.06%) va Andijon (-0.02%) viloyatlarida kuzatildi.
Boshqa hududlarda narlar indeksining oʻsishi kuzatildi. Xususan, Namangan viloyatida narxlar indeksi +1.58% ni tashkil etdi. Bu esa oʻz navbatida oziq-ovqat narlarining ushbu hududda oldingi haftaga nisbatan oshganinidan dalolat beradi. Xuddi shunday xulosani Toshkent shahri (+0.86%) va viloyatidagi (+0.42%), Qoraqalpogʻiston Respublikasida (+0.72%) va Kashqadaryo (+0.36%) viloyatida oziq-ovqat narlarining indeksi boʻyicha taʼkidlash mumkin.
Buxoro, Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat narxlarining indeksi deyarli oʻzgarishsiz qoldi, bu esa oʻz navbatida oziq-ovqat narxlarining oldingi haftaga nisbatan barqarorligidan dalolat beradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat: avtomobil narxiga nima taʼsir qiladi?

Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday oʻzgarish boʻldi?

Oʻtgan haftada oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi

