Isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi. Natijada quyidagilar aniqlandi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 14 iyul holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.
Maʼlumot uchun: indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.

7 iyul holatiga koʻra isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi
Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).
Natijada quyidagilar aniqlandi:
2020 yil 14 iyul holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada oʻtgan haftaga nisbatan +0.44% tashkil etdi.
Maʼlumot uchun: oʻrtacha narxlarning oʻtgan haftaga nisbatan oʻsishi karam (+ 12,82%) narxida kuzatildi va 1 kg uchun 1302 soʻmni tashkil etdi. Bundan tashqari, oshqovoq (1 kg) 10,05% ga oshdi va narxi 3569 soʻmni tashkil etdi. Piyoz (+ 6,2%), sabzi (+ 4,15%), bodring (2,8%) kabi mahsulotlarning ham narxlarida oʻsishi kuzatildi. Mol goʻshtining narxi 22 foizga oshdi va 1 kg uchun 51 968 soʻmni tashkil etdi. Tuxum 0,52 foizga qimmatladi va uning narxi (har oʻntasi) 8444 soʻmni tashkil etdi. Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda qoʻy goʻshti (1 kg), parranda goʻshti (1 kg) va baliq (1 kg) narxlarining oʻzgarishi ahamiyatsiz boʻlib, mos ravishda 53744 soʻm, 21144 soʻm va 22584 soʻm (1-jadval).
1-jadval. 14 iyul holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining oʻtgan haftaga nisbatan foizda oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika xizmati tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari
Shuningdek, mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari keskin pasaygani kuzatildi.
Maʼlumot uchun: tarvuzning narxi (1 kg) -7,5% ga tushib, 1628 soʻmni tashkil etdi. Qovun (1 kg) va nok (1 kg) oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda 2% ga arzonlashdi va narxi mos ravishda 3344 soʻm va 14842 soʻmni tashkil qildi. Olma narxi (1 kg) -1,5 foizga tushib, 9151 soʻmni tashkil etdi. Sut narxlarida bir oz pasayish kuzatildi va bir litri uchun 5376 soʻmni tashkil etdi.
Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda sariyog ’, oʻsimlik moyi va bugʻdoy unining oʻrtacha narxi oʻzgarmadi (1-jadval).
Hududlar boʻyicha narxlar indeksining sezilarli oʻsishi Qashqadaryo viloyatida (+ 1,82%), Andijon viloyatida (+ 1,28%), va Sirdaryo viloyatlarida (+ 1,15%) kuzatildi. Namangan viloyati va Toshkent shahrida ushbu koʻrsatkich mos ravishda 0,77% va 0,73% ni tashkil etdi. Boshqa viloyatlarda mahsulot narxining oʻsishi va shu sababli indeksning oʻzgarishi sezilarsiz boʻldi.
Toshkent viloyatida narxlar indeksi -0,81% ni tashkil etdi, bu esa ushbu hududda oziq-ovqat narxlarining 0,81% ga pasayganligidan dalolat beradi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida narxlar indeksining mos ravishda -0.46% va -0.16% ga pasayishi kuzatildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat: avtomobil narxiga nima taʼsir qiladi?

Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday oʻzgarish boʻldi?

Oʻtgan haftada oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi

