| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Bozorlar2 daqiqada oʻqiladi162 marta oʻqildi

Isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi

Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi. Natijada quyidagilar aniqlandi.

Isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2020 yil 21 iyul holatiga koʻra aholining isteʼmol savatchasidagi oziq-ovqat narxlari indeksini ishlab chiqildi.

7 iyul holatiga koʻra isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi

Maʼlumot uchun: indeks goʻsht va sut mahsulotlari (mol goʻshti, qoʻy goʻshti, parranda goʻshti, sut, tuxum), sabzavotlar (piyoz, karam, pomidor, sabzi, bodring, kartoshka), mevalar (olma, nok), poliz mahsulotlari (tarvuz, qovun, qovoq, uzum), dukkakli ekinlar (noʻxat, loviya, mosh), guruch, un, makaron, sabzavot, sariyogʻ va shakar kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini hisobga olgan holda hisoblandi.

Yagona indeksni tuzishda, mamlakat aholisining isteʼmol odatlarini tavsiflovchi ogʻirliklar qoʻllanildi (yaʼni, aholi oʻrtasida ushbu mahsulot qancha koʻp isteʼmol qilinsa, uning ogʻirligi shuncha yuqori boʻladi).

Natijada quyidagilar aniqlandi:

2020 yil 21 iyul holatiga oziq-ovqat narxlari indeksi respublikada oʻtgan haftaga nisbatan +0.43% tashkil etdi.

Maʼlumot uchun: bu hafta asosan, sabzavotlarning oʻrtacha narxlarida oʻsish kuzatildi. Misol uchun, karamning oʻrtacha narxi (1kg) 7,45 foizga oshdi va 1399 soʻmni tashkil etdi. Sabzining oʻrtacha narxi (1kg) qariyb 5 foizga oshib, 2364 soʻmni, piyozning oʻrtacha narxi (1kg) 2,42 foizga oshib 1734 soʻmni tashkil etdi. Pomidor, kartoshka, loviya va makaron kabi mahsulotlarning oʻrtacha narxi oldingi haftaga nisbatan 1% ga oshdi. Goʻsht va sut mahsulotlari orasida qoʻy goʻshtining oʻrtacha narxi (1kg) 54292 soʻmni yoki +0.69% tashkil etdi, (1-jadval)

1-jadval. 14 iyul holatiga Oʻzbekiston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotlarining oʻtgan haftaga nisbatan foizda oʻsishi yoki pasayishi, (%)

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika xizmati tezkor maʼlumotlari asosida muallif hisob-kitoblari

Shuningdek, mavsumiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari keskin pasaygani kuzatildi.

Isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi

Maʼlumot uchun: qovoqning oʻrtacha narhi (1kg) -9.4 foizga pasayib, 3232 soʻmni tashkil etdi. Bundan tashqari, qovun (1kg) va tarvuz (1kg) ning oʻrtacha narxi pasayib, mos ravishda 3112 soʻm (-6.9%) va 1555 soʻmni (-4.5%) tashkil etdi. Nokning oʻrtacha narxi (1kg) -1.2% tushib, 14672 soʻmni tashkil etdi. 1-jadvalga binoan, bodring (-0,7%), olma (-0,3%) va bugʻdoy uni (-0,1%) kabi mahsulotlar narxlarining bir oz pasayishi kuzatildi. Oʻtgan hafta bilan taqqoslaganda, noʻxat (10070 soʻm), sariyogʻ (49567 soʻm), parranda goʻshti (21147 soʻm), va sut (5377 soʻm) kabi mahsulotlarning oʻrtacha narxi deyarli oʻzgarishsiz qoldi, (1-jadval).

Hududlar boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari narxlari pasayishi faqat Surxandaryo viloyatida kuzatildi va narxlar indeksi oʻtgan haftaga nisbatan -0,14% ni tashkil etdi.

Boshqa hududlarda narxlar indeksining oʻsishi kuzatildi. Xususan, Xorazm viloyatida, narxlar indeksi +2,62% ni tashkil etdi, bu esa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oshganligidan dalolat beradi. Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat narxlarining indeksi +1,14% tashkil etdi. Navoiy va Fargʻona viloyatlarida, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasida 21 iyul holatiga, indeks mos ravishda +0,78%, +0,55% va 0,50% ni tashkil etdi.

Andijon viloyatida oziq-ovqat narxlarining indeksi oʻzgarishsiz qoldi, bu esa oʻz navbatida oziq-ovqat narxlarining oldingi haftaga nisbatan barqarorligidan dalolat beradi. Xuddi shunday xulosani Toshkent shahri va viloyatidagi oziq-ovqat narxlari boʻyicha taʼkidlash mumkin.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ