Isteʼmol narxlari indeksi iyul oyida 0,3 foizga pasaydi
Isteʼmol bozorlarini yangi hosil meva va sabzavotlari bilan toʻydirish narxlarning pasayishiga olib keldi. Shu bilan birga qoʻy va mol goʻshti masulotlarining narxida oʻsish kuzatildi. Shuningdek, iyul oyida dori-darmon, shaxsiy gigiyena vositalari, tozalash va yuvish vositalari narxlari ham oshdi.

Joriy yilning iyul oyida isteʼmol narxlari indeksi (INI) 0,3% ga kamaydi, yil boshidan beri INI 4,3% ga oʻsdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari 1,3% ga arzonlashdi, bu birinchi navbatda meva va sabzavotlar (-7,9%) va tuxum (-2,3%) narxlarining pasayishi bilan bogʻliq.

Isteʼmol savatchasi oziq-ovqat narxlari indeksi
Xususan, isteʼmol bozorlarni yangi hosil meva va sabzavotlari bilan toʻydirish, tarvuz (-28,9%), bodring (-20,2%), olma (-18,6%), pomidor (-14,3%) va nok (-13,6%) kabi mahsulotlar narxlarining pasayishiga olib keldi. Shuningdek, qoʻy va mol goʻshti mahsulotlarining narxi mos ravishda 0,69% va 0,55%ga oʻsdi. Shu bilan birga, limon (7,1%) va sarimsoq piyoz (1,3%) mahsulotlariga karantin davrida talabning ortishi sababli narxlar oshdi.
Nooziq- ovqat mahsulotlari bir oy ichida 0,5%ga oshdi, bunda benzinning birjadagi narxi 5.8% ga oshdi (umumman olganda, yil boshidan benzin narxi 6.72 % ga pasaygan).
Bundan tashqari, qurilish va taʼmirlash ishlari hajmining oʻsishi, qurilish materiallariga talab va narxlarning 1.3% ga oʻsishiga olib keldi. Sement narxi 4.8% ga koʻtarildi.
Shuningdek, iyul oyida dori-darmon (0.6%), shaxsiy gigiyena vositalari, tozalash va yuvish vositalari (0.3%) narxlari ham oshdi.
Aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar oʻrtacha 0.4% ga oshdi. Xususan, yoʻlovchi transportida xizmatlar koʻrsatish 1.4% ga oshdi. Taksi xizmatlar 4.6% ga va marshrut taksi xizmatlari esa 2.3% ga oshdi.
Tibbiy xizmatlar 0.8% ga oshib, shu sektorda narxlarning oʻsishi 0.1% dan 2.1% gacha diapazonni tashkil etdi.
Viloyatlar kesimida barcha viloyatlarda isteʼmol indeksining pasayishi kuzatildi: -0.1%(Toshkent sh.) dan 0.8% gacha (Surxandaryo v.). Fargʻona (3.5%) va Namangan (2.6%) viloyatlarida kartoshka narxi oʻsishi kuzatildi (Respublika boʻyicha oʻrtacha kartoshka narxi 1.4% ga pasaydi).
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekiston ikkilamchi avtomobil bozoridagi holat: avtomobil narxiga nima taʼsir qiladi?

Oʻzbekistonda asosiy oziq-ovqatlar narxida qanday oʻzgarish boʻldi?

Oʻtgan haftada oziq-ovqat mahsulotlari narxlarida sezilarli oʻzgarish kuzatilmadi

