Ishbilarmonlik Faolligi Indeksi
2019 yil mart oyida mamalakatimizda tadbirkorlik faoliyati jadalligida yaxshilanish kuzatilmoqda.

2019 yil mart oyida mamalakatimizda tadbirkorlik faoliyati jadalligida yaxshilanish kuzatilmoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2019 yilning martida quyidagilarni tashkil etdi (1000 dan yuqori koʻrsatkich faollik oʻsishini bildirsa, 1000 dan past koʻrsatkich pasayishni bildiradi, 1-jadval, 1-rasm):
2019 yil fevral oyiga nisbatan – 1040 birlikni (oʻsish – 4,0%);
2018 yil shu davriga nisbatan – 1000 birlikni (oʻzgarishsiz%);
2015 yil yanvar oyiga nisbatan – 1567 birlikni (oʻsish – 56,7%).
1-rasm. 2019 yilning martida ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oy darajasiga nisbatan 4,0 foizga koʻtarildi
2019 yilning mart oyida ishbilarmonlik faolligi indeksining oʻtgan oyga nisbatan 1040 birlikni tashkil qilishi quyidagi komponentlar darajasidagi ijobiy oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:
hisobvaraqalar boʻyicha banklararo tranzaksiyalar soni fevral oyiga nisbatan 4,4%ga oshgan;
tovar-xomashyo birjasida xom ashyo aylanmasi jadalligi oʻtgan oyga nisbatan 2,2%ga oʻsgan;
savdo belgilari muhofazasi va mulk huquqidan foydalanish boʻyicha komponent fevral oyiga nisbatan 68,47 foizga koʻtarilgan.
Shu bilan birga, amaldagi xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning tadbirkorlik faoliyati boʻyicha komponent oʻtgan oyga nisbatan 1,9%ga kamaygan.
TOVAR-XOMASHYO BIRJASIDAGI FAOLLIK
2019 yilning mart oyida indeksning birja komponenti 0,698 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 2,18%ga oʻsishi kuzatildi. Birja faoliyatidagi oʻsish bitta bitimga sotib olingan tovarlarning oʻrtacha jismoniy hajmining ijobiy oʻzgarishi bilan izohlanadi (oʻsish – 11,3%ga).
2019 yilning mart oyi yakuni boʻyicha respublika tovar-xomashyo birjasida 31 459 ta bitim imzolangan boʻlib, bu koʻrsatkich joriy yilning fevral oyiga nisbatan (33 792) 6,9 foizga kamayganlini anglatadi.
Indeksning bazis davri boʻlgan 2015 yil yanvar oyi darajasiga nisbatan birjaviy komponent 0,74 birlikka oshgan boʻlsa, 2018 yilning aynan shu davriga nisbatan esa 0,04 birlikka kamaydi.
2-rasm. 2019 yil mart oyida indeksning birjaviy tarkibiy qismi fevralga nisbatan oshdi |
Birjada tovarlar savdosining umumiy aylanmasi 2019 yil mart oyida 2,878 mlrd.soʻmni tashkil etdi, bu oʻtgan oyga nisbatan 5,6% foizga kamdir.
XOʻJALIK YURITUVCHI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI
IFIning faoliyat yurituvchi xoʻjalik subʼyektlar boʻyicha komponenti 2019 yil mart oyida 0,9806 birlikni tashkil etdi
2019 yil mart oyining oxirida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar soni 2019 yil fevral oyiga nisbatan 3539 donaga koʻp boʻlib, 441 649 (2019 yilning fevralida 438 110) tani tashkil etdi.
Kuzatilayotgan davrda kichik korxonalar sonining 283 023 dan 289 659 gacha oʻsgani kuzatilmoqda (6 636 taga oshgan). Fermer xoʻjaliklari soni 152 966 tadan 150 102 tagacha (2854 taga) pasaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanadigan subʼyektlar soni 1888 tani tashkil etib, 2019 yil fevral oyiga nisbatan 233 donaga oshgan.
1-jadval. 2019 yilning mart oyida IFIning xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar boʻyicha komponenti 0,9806 birlikka oʻzgargan
Oy | Jami | Shulardan: | Oʻzgarish: | Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar komponenti | |||||||||||||||||
Yirik | Kichik | Fermer | Yirik 0,266* | Kichik 0,558* | Fermer 0,176* | ||||||||||||||||
mar.17 | 369 344 | 2 359 | 222 015 | 144 970 | 1,0094 | 1,0212 | 1,0127 | 1,0166 | |||||||||||||
apr.17 | 375 616 | 2 616 | 225 132 | 147 868 | 1,1089 | 1,0140 | 1,0200 | 1,0403 | |||||||||||||
may.17 | 378 474 | 2 402 | 227 964 | 148 108 | 0,9182 | 1,0126 | 1,0016 | 0,9855 | |||||||||||||
iyun.17 | 379 289 | 2 344 | 229 401 | 147 544 | 0,9759 | 1,0063 | 0,9962 | 0,9964 | |||||||||||||
iyul.17 | 380 752 | 2 324 | 230 422 | 148 006 | 0,9915 | 1,0045 | 1,0031 | 1,0008 | |||||||||||||
avg.17 | 382 258 | 2 329 | 231 147 | 148 782 | 1,0022 | 1,0031 | 1,0052 | 1,0033 | |||||||||||||
sen.17 | 381 332 | 2 294 | 229 966 | 149 072 | 0,9850 | 0,9949 | 1,0019 | 0,9935 | |||||||||||||
okt.17 | 382 453 | 2 405 | 230 520 | 149 528 | 1,0484 | 1,0024 | 1,0031 | 1,0148 | |||||||||||||
noya.17 | 380 652 | 2 326 | 229 833 | 148 493 | 0,9672 | 0,9970 | 0,9931 | 0,9884 | |||||||||||||
dek.17 | 379 818 | 2319 | 229666 | 147833 | 0,9970 | 0,9993 | 0,9956 | 0,9980 | |||||||||||||
yanv.18 | 384 238 | 2 180 | 232 858 | 149 200 | 0,9401 | 1,0139 | 1,0092 | 0,9934 | |||||||||||||
fev.18 | 390 860 | 2 181 | 235 853 | 152 826 | 1,0005 | 1,0129 | 1,0243 | 1,0116 | |||||||||||||
mar.18 | 395 581 | 2 255 | 238 513 | 154 813 | 1,0339 | 1,0113 | 1,0130 | 1,0176 | |||||||||||||
apr.18 | 400 901 | 2 615 | 242 533 | 155 753 | 1,1596 | 1,0169 | 1,0061 | 1,0529 | |||||||||||||
may.18 | 400 303 | 2 045 | 245 064 | 153 194 | 0,7820 | 1,0104 | 0,9836 | 0,9450 | |||||||||||||
iyun.18 | 401 964 | 2 041 | 247 700 | 152 223 | 0,9980 | 1,0108 | 0,9937 | 1,0044 | |||||||||||||
iyul.18 | 404 885 | 2 041 | 250 503 | 152 341 | 1,0000 | 1,0113 | 1,0008 | 1,0065 | |||||||||||||
avg.18 | 407 867 | 2 049 | 253 179 | 152 639 | 1,0039 | 1,0107 | 1,0020 | 1,0073 | |||||||||||||
sen.18 | 412 549 | 2 057 | 257 127 | 153 365 | 1,0039 | 1,0156 | 1,0048 | 1,0106 | |||||||||||||
okt.18 | 413 473 | 2 074 | 258 736 | 152 663 | 1,0083 | 1,0063 | 0,9954 | 1,0049 | |||||||||||||
noya.18 | 415 451 | 2 080 | 261 191 | 152 180 | 1,0029 | 1,0095 | 0,9968 | 1,0055 | |||||||||||||
dek.18 | 416 966 | 2 079 | 262 930 | 151 957 | 0,9995 | 1,0067 | 0,9985 | 1,0033 | |||||||||||||
yanv.19 | 429 551 | 2 098 | 274 949 | 152 504 | 1,0091 | 1,0457 | 1,0036 | 1,0286 | |||||||||||||
fev.19 | 438 110 | 2 121 | 283 023 | 152 966 | 1,0110 | 1,0294 | 1,0030 | 1,0198 | |||||||||||||
mar.19 | 441 649 | 1 888 | 289 659 | 150 102 | 0,8901 | 1,0234 | 0,9813 | 0,9806 | |||||||||||||
1,0104 | 0,9836 | 0,9450 | |||||||||||||||||||
*komponentdagi ulushi
BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISH
2019 yil mart oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 1,6923 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 69,2 foizga oshgan. Mart oyida yuridik shaxslar tomonidan 214 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan. Tovar belgilarining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha 121 ta holatlar haqida maʼlumot berilgan. Himoyalangan tovar belgilari sonining sof oʻsishi 374 tani tashkil etdi va bu oʻsishning fevral oyiga nisbatan 152 taga oshganlini bildiradi.
3-rasm. 2019 yilning martida tovar belgilari sonining sof oʻsishi (yangi tovar belgilari minus amal qilish muddati tugagan tovar belgilari ) 374 tani tashkil etdi |
BANK HISOBVARAQALARI BOʻYICHA OPERATSIYALAR
2019 yilning mart oyida banklararo amalga oshirilgan toʻlov hujjatlari soni 5 655 mingtani tashkil etdi, bu 2019 yil fevral darajasiga nisbatan 238 ming bitimga (4,4 foizga oʻsish) koʻpdir. Shuningdek, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 4,03 foizga pasaygani holida 2015 yilning yanvar oyiga nisbatan 29 foizga oshishi kuzatilmoqda.
2019 yilning mart oyida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan Fargʻona viloyatidan tashqari mamlakatning barcha hududlarida oʻsgan. Fargʻona viloyatida martda qayd etilgan bitimlar soni oʻtgan oyga nisbatan 1,2%ga kamdir. Oʻsish darajasi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Xorazm viloyatida kuzatilib, operatsiyalar soni joriy yilning fevraliga nisbatan 11,8 foizga oʻsgan.
2-jadval. 2019 yilning mart oyida qayd etilgan bitimlar soni
Viloyatlar | Tranzaksiyalar soni | Viloyatlar ulushi | 2015 yilning yanvar oyiga nisbatan | Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan | Oʻtgan oyga nisbatan |
Qoraqalpogʻiston Resbublikasi | 236 282 | 4,0% | 128,1% | 86,7% | 103,4% |
Andijon viloyati | 307 523 | 5,2% | 136,4% | 88,4% | 104,7% |
Buxoro viloyati | 255 587 | 4,3% | 107,8% | 90,1% | 104,9% |
Jizzax viloyati | 167 141 | 2,8% | 138,8% | 97,5% | 104,1% |
Qashqadaryo viloyati | 339 055 | 5,8% | 132,6% | 84,3% | 109,2% |
Navoiy viloyati | 182 551 | 3,1% | 133,4% | 89,0% | 102,4% |
Namangan viloyati | 265 528 | 4,5% | 129,5% | 100,4% | 110,3% |
Samarqand viloyati | 372 761 | 6,3% | 157,3% | 106,7% | 110,4% |
Surxondaryo viloyati | 250 647 | 4,3% | 120,5% | 82,1% | 105,2% |
Sirdaryo viloyati | 136 273 | 2,3% | 149,9% | 97,0% | 109,7% |
Toshkent viloyati | 471 203 | 8,0% | 130,3% | 91,1% | 102,3% |
Fargʻona viloyati | 362 216 | 6,1% | 118,6% | 95,0% | 98,8% |
Xorazm viloyati | 245 394 | 4,2% | 150,1% | 85,0% | 111,8% |
Toshkent shahri | 2 063 468 | 35,0% | 127,4% | 105,1% | 102,4% |
Jami | 5 655 629 | 96% | 130,0% | 96,0% | 104,4% |
Kamola Mamatova
Maftuna Sayfullayeva
Ekonomicheskoye obozreniye №4 (232) 2019
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

"Lukoyl" kompaniyasi Oʻzbekistondagi gaz qazib olishni loyihalashtirilgan darajada deyarli qayta tikladi

Yevropa investitsiya banki tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadadi 100 mln dollar ajratadi

