Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha investitsion loyihalarni baholash boʻyicha Oʻzbekiston misolida tadqiqot natijalari taqdim etildi
Loyihani tahlil qilishdan maqsad infratuzilmaviy loyihaning investitsion natijadorligini (foydaliligini) aniqlashdir.

Jahon iqtisodiy inqirozi sharoitida infratuzilmani moliyalashtirish uchun xususiy kapitalni jalb qilish Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun juda muhimdir. Press-relizda 2003-2007 yillarda amalga oshirilgan Toshgʻuzor-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasi misolida infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan investitsiyalar samaradorligini baholash natijalari taqdim etildi.
Loyihani tahlil qilishdan maqsad infratuzilmaviy loyihaning investitsion natijadorligini (foydaliligini) aniqlashdir.
Infratuzilmaviy investitsion loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy baholash metodikasi ITIM tomonidan OTB bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan boʻlib kamida 4-5 yil oldin foydalanishga topshirilgan loyihalarni baholash uchun (eks-post tahlil) qoʻllaniladi. Bunday ekonometrik tahlil Oʻzbekistonda birinchi marta amalga oshirilmoqda.
2020 yil 30 sentabr, Toshkent-Tokio. Bugun, 30 sentabr kuni Zoom platformasida "Osiyoda barqaror infratuzilmaga xususiy investitsiyalarni jalb etish: Markaziy Osiyo misolida" mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi va unda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati ishtirok etdi.
Mazkur tadbir Osiyo taraqqiyot banki (OTB) instituti va Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik instituti (MOIHI) bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Anjumanda Osiyoning 11 mamlakatidan 60 dan ortiq ishtirokchi ishtirok etdi: transport vazirliklari va idoralari, temir yoʻllar, dengiz portlari, transport va logistika, IT-kompaniyalar, aqliy markazlar, shuningdek infratuzilma sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirning ochilishida Yaponiya moliya xizmatlari agentligi moliyaviy tadqiqotlar markazining bosh maslahatchisi janob Naoyuki Yoshino, OTB instituti rahbari Janob Tetsushi Sonobe, Atrof-muhit, OTB Markaziy va Gʻarbiy Osiyo departmenti tabiiy resurslar va qishloq xoʻjaligi boʻlimi direktori Yasmin S. Siddiqiy, MOIHI instituti direktori janob Sayed Shakil Shax nutq soʻzlashdi.
Bugungi tadbir davomida barqaror infratuzilmaga xususiy investitsiyalarni jalb qilishning yangi modellari va bu yoʻnalishda hukumatlarning roli muhokama qilindi.
Konferensiyaning ochilish qismida Osiyo taraqqiyot banki prognozlari eʼlon qilindi. Unga koʻra, kelgusi oʻn yil ichida Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy oʻsishni saqlab qolish, qashshoqlikka barham berish va iqlim oʻzgarishini bartaraf etish uchun infratuzilmalarni rivojlantirishga jami 26 trillion dollarlik investitsiyalar yoʻllanilishi kerak. Energetika, transport telekommunikatsiya, suv bilan taʼminlash va sanitariya sohalari shular jumlasiga kiradi.
Aksariyat mamlakatlarda davlat moliyasining cheklanganligini hisobga olgan holda, xususiy sektor kapitalini jalb qilish boʻyicha innovatsion chora-tadbirlarni joriy etish mintaqada infratuzilmani moliyalashtirishning taqchilligini bartaraf etish uchun juda muhimdir.
10-20 yil davomida uzoq muddatli investitsiya loyihalari bilan ajralib turadigan sugʻurta kompaniyalari va pensiya jamgʻarmalari kabi institutsional investorlarni jalb qilish keng koʻlamli infratuzilmani rivojlantirish uchun ayniqsa muhimdir. Xuddi shuningdek, banklarning oʻz aktivlari va majburiyatlari tarkibiga mos keladigan qisqa va oʻrta muddatli loyihalarga investitsiya kiritish moyilligini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston tomonidan tadbirda "Dalillarga asoslangan infratuzilmani moliyalashtirish: Oʻzbekiston tajribasi" mavzuidagi taqdimoti bilan Markazi rahbari muovini Umid Abidxadjayev ishtirok etdi.
Anjuman ishtirokchilariga 2003-2007 yillarda amalga oshirilgan Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasini qurish loyihasi misolida Oʻzbekistonda infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan dalillarga asoslangan yondashuv taqdim etildi.
Maʼlumot uchun: 2007 yil avgust oyida foydalanishga topshirilgan 223 km uzunlikdagi Toshgʻuzor-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasi Oʻzbekistonning Janubiy hududlarini rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga ega. Umumiy qiymati 447 million AQSH dollari boʻlgan yoʻl Turkmanistonni chetlab oʻtib, yoʻlovchi va yuk tashishning avvalgi masofasini 170 kmga, marshrut vaqtini esa – 7 soatga qisqartirdi. Loyiha "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ mablagʻlari hamda Yaponiya hukumatidan olingan kredit hisobiga moliyalashtirilgan.
Markaz tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotning maqsadi 13 yil oldin foydalanishga topshirilgan Toshgʻuzor-Boysun-Qumqoʻrgʻon temir yoʻl liniyasining hududdagi korxona va tashkilotlar faoliyatiga ijobiy taʼsirini aniqlash edi.
Soliq toʻlovchilar yoki tashqi qarz hisobiga moliyalashtiriladigan investitsion loyihalarining samaradorligini baholash koʻpchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dolzarb masala hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqa investitsion loyihalardan farqli oʻlaroq, infratuzilmaviy loyihalarning moliyaviy, iqtisodiy va ijtimoiy taʼsirlarini baholash yanada murakkab yondashuvni talab qiladi va loyihaning faqat moliyaviy koʻrsatkichlarini koʻrib chiqish bilan cheklanmaydi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda, xususan, Osiyo taraqqiyot banki instituti tadqiqotchilari, Yaponiya moliya agentligi katta maslahatchisi doktor Naoyuki Yoshino tomonidan taqdim etilgan infratuzilma loyihalarini empirik baholash strategiyasini ishlab chiqishdi.
Markaz direktori oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, mazkur metodika ilk bor Yaponiyada kyushu tezyurar poyezdi misolida qoʻllanilgan. Bundan tashqari, ushbu tahlil Viktor Pontinez tomonidan Filippindagi Lipa-Ibaan-Batangas avtomobil yoʻlining samaradorligini baholashda ham qoʻllanilgan. Bugun bu metodikani Oʻzbekistondagi investitsion loyiha misolida qoʻllanildi.
Uning soʻlariga koʻra, ekonometrik tahlillar natijasida temiryoʻl qurilgan hududlarda ijobiy taʼsirlar va qoʻshni hududlarda bilvosita taʼsir (spillover effekt)lar mavjudligi aniqlandi.

Ijobiy taʼsirlar sirasiga Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi korxona va tashkilotlar foydasi mos ravishda 4 va 5 yil ichida 246 milliard soʻmga va 319 milliard soʻmga oshishi kiradi.
Shu bilan birga, 5-yil uchun bilvosita taʼsirlar Buxoro va Samarqand viloyatlari korxonalarida foydani 156 milliard soʻmga koʻpayganligini ham koʻrsatdi.
Metodologiyaning foydali jihati shundaki, u iqtisodiy effektlarning har birini alohida koʻrsatish imkoniyatini beradi. Yaʼni shu loyixa amalga oshirilganda u bilan bir vaqtda boshqa faktorlar xam iqtisodiy oʻsishga xissa qoʻshgan boʻlishi mumkin. Mazkur ekonometrik yondashuv shu faktorlar ulushini nisbatan ajratishga va infrastruktura loyixasini taʼsir magnitudasi va koʻlamini aniqlash imkonini beradi.
Ekspertlarning taʼkidlashicha, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonda keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilgan, shu jumladan, infratuzilmaviy loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish chun qulay sharoitlar yaratilgan, ularning samaradorligini baholash kamida 4-5 yil keyin amalga oshirilishi mumkin. Yaʼni, bunday ekonometrik tahlil investitsiya loyihalarining butun mintaqaning infratuzilmasi va rivojlanishiga taʼsirini baholashga imkon beradi.
Tadbir davomida xalqaro mutaxassilar tomonidan muhokamalar davomida ITIM tomonidan taqdim etilgan tadqiqot natijalari yuqori baholandi hamda OTBning "Osiyoda barqaror infratuzilma yaratishda xususiy investitsiyalarni jalb qilish: Markaziy Osiyo uchun darslar" toʻplamidan oʻrin oldi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Oʻzbekistonda paxta, bugʻdoy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha hosildorligi uning haqiqiy quvvatidan ancha past

