| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Biznes5 daqiqada oʻqiladi100 marta oʻqildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi may oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini eʼlon qildi

May oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi karantin cheklovlarining aprel oyida sodir boʻlgan tarixiy pasayishdan moʻtaʼdil darajada boʻlsada oshganligi kuzatildi. Bu esa iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi tiklana boshlaganligidan dalolat beradi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi may oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini eʼlon qildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2020 yil may oyida quyidagilarni tashkil etdi:

  • 2020 yil aprel oyiga nisbatan – 1056 birlikni (oʻsish – 5,6%);

  • 2019 yilning may oyiga nisbatan – 930 birlikni (pasayish – 7,0%);

  • 2015 yil yanvar oyiga nisbatan – 1390 birlikni (oʻsish – 39,0%).

Joriy yilning may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi karantin cheklovlarining aprel oyida sodir boʻlgan tarixiy pasayishdan moʻʼtadil darajada boʻlsada oshganligi kuzatildi. Bu esa iqtisodiyotda ishbilarmonlik faolligi tiklana boshlaganligidan dalolat beradi. Shunga qaramay, IFI koʻrsatkichlari haligacha oʻtgan yilning shu oyiga va bazis davriga nisbatan retsessiya darajasida qolmoqda.

1-rasm. 2020 yilning may oyida IFI oʻtgan oyga nisbatan 5,6 foizga oshgan

Komponentlar darajasida oʻzgarishlar boʻlgan

2020 yilning may oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 5,6 foizga moʻtadil ravishda oʻsib, 1056 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:

  • xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 7,6 foizga oshgan;

  • faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar boʻyicha komponent 0,5 foizga oshgan;

  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 3,0 foizga kamaygan;

  • tovar belgilari boʻyicha komponent 2,3 barobarga oshgan.

Hududlar kesimida Buxoro viloyatida eng yuqori koʻrsatkich qayd etilgan

2020 yil may oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi respublikaning barcha hududlarida oʻtgan oyga nisbatan oʻsish kuzatilgan. Xususan, Buxoro (43,8%), Surxondaryo (40,1%), Samarqand (35,3%), Jizzax (32,0%), Andijon (29,2%), Qashqadaryo (24,2%), Navoiy (24,1%) viloyatlarida va Toshkent shahrida (22,8%) sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2-rasm).

2-rasm. 2020 yil may oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

BANK HISOB VARAQALARI BOʻYIChA OPERATsIYaLAR

2020 yil may oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 4 054,8 ming tani tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 287,3 ming tranzaksiyaga (7,6%) koʻpaygan. Shuningdek, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 34,7 foizga keskin kamayish kuzatilmoqda. IFIning ushbu komponenti bazis davr (2015 yil yanvar) bilan solishtirganda 6,4 foizga kamaygan.

Samarqand va Andijon viloyatlaridan tashqari barcha hududlarda banklararo toʻlov operatsiyalari soni oshgan.

2020 yil may oyida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan Samarqand va Andijon viloyatlaridan tashqari barcha hududlar boʻyicha oshgan. Sezilarli darajadagi oʻsish Namangan (13,9%), Fargʻona (13,9%), Jizzax (10,4%) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (12,3%) kuzatilgan.

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aprel oyi uchun Ishbilarmonlik faolligi indeksini eʼlon qildi

2020 yilning may oyida IFIning birja komponenti 0,970 birlikni tashkil etdi va oʻtgan oyga nisbatan 3,0 foizga pasayishi kuzatildi. Ushbu komponentning pasayishi bitimlar sonining kamayganligi bilan bogʻliq.

May oyi natijalariga koʻra Respublika tovar-xom ashyo birjasida 24 082 ta bitim imzolangan boʻlib, aprel oyiga (51 027 ta) nisbatan 26 945 ta bitimga (2,1 barobar) kamaygan. Birjada tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2020 yil may oyida 3 332,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 11,4 foizga oshgan.

XOʻJALIK YuRITUVChI SUBʼEKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent 2020 yil may oyida 1,0047 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 0,5 foizga oshgan.

2020 yil may oyida faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar soni oʻtgan oyga nisbatan 7 467 taga koʻpayib, 464 300 tani (2020 yilning aprel oyida 456 833 ta) tashkil etdi.

Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar soni 87 taga kamaygan

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 362 583 tagacha yetib, oʻtgan oyga nisbatan 6 882 taga oshgan. Fermer xoʻjaliklari soni 97 983 tadan 98 655 tagacha (672 taga) koʻpaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subʼyektlar soni 3 062 tani tashkil etib, 2020 yil aprel oyiga nisbatan 87 taga kamaygan.

BRENDLARNI ROʻYXATGA OLISh

2020 yil may oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 2,333 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 2,3 barobarga oshgan. Joriy yilning may oyida yuridik shaxslar tomonidan 42 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.

Hududlarda IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent

Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent

Tovar belgilari boʻyicha komponent

Buxoro viloyati

↑1438

↑1,1042

↑2,0000

↑1,0090

↑1,0000

Surxondaryo viloyati

↑1401

↑1,0549

↑2,0000

↑1,0529

↓0,0000

Samarqand viloyati

↑1353

↓0,8660

↑2,0000

↓0,9991

↑1,0000

Jizzax viloyati

↑1320

↑1,1316

↑1,6027

↑1,0137

↑2,0000

Andijon viloyati

↑1292

↓0,9618

↑1,6971

↓0,9859

↑2,0000

Qashqadaryo viloyati

↑1242

↑1,0104

↑1,6657

↑1,0101

↓0,0000

Navoiy viloyati

↑1241

↑1,0620

↑1,5330

↑1,0299

↑1,0000

Toshkent shahri

↑1228

↑1,1231

↑1,2778

↑1,1709

↑2,2143

Fargʻona viloyati

↑1218

↑1,1390

↑1,4258

↓0,9954

↑1,0000

Namangan viloyati

↑1183

↑1,1386

↑1,3288

↑1,0113

↑1,0000

Xorazm viloyati

↑1162

↑1,0365

↑1,4432

↑1,0065

↓0,0000

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

↑1122

↑1,0438

↑1,3393

↑1,0045

↓0,0000

Sirdaryo viloyati

↑1118

↑1,0328

↑1,3512

↓0,9818

↓0,0000

Toshkent viloyati

↑1105

↑1,0834

↑1,1088

↑1,0084

↑2,0000

Hududlarda IFI komponentlarining bazis davrga (yanvar 2019y.) nisbatan oʻzgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar boʻyicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi boʻyicha komponent

Xoʻjalik subʼyektlari boʻyicha komponent

Tovar belgilari boʻyicha komponent

Sirdaryo viloyati

↑1299

↓0,6406

↑2,0000

↑1,2472

↓0,0000

Surxondaryo viloyati

↑1266

↓0,8246

↑1,6691

↑1,4078

↓0,0000

Jizzax viloyati

↑1233

↓0,7866

↑1,4955

↑1,3608

↑2,0000

Toshkent shahri

↑1199

↓0,9662

↑1,4793

↑1,1763

↓0,3523

Navoiy viloyati

↑1142

↓0,8637

↑1,2376

↑1,4283

↑1,0000

Toshkent viloyati

↑1055

↓0,6315

↑1,4417

↑1,1557

↓0,1111

Buxoro viloyati

↑1001

↓0,7108

↑1,1312

↑1,2259

↑1,0000

Namangan viloyati

↓991

↓0,7715

↑1,1323

↑1,1938

↓0,1667

Samarqand viloyati

↓953

↓0,6862

↓0,9817

↑1,3168

↑1,0000

Qashqadaryo viloyati

↓930

↓0,7333

↑1,0663

↑1,1241

↓0,0000

Xorazm viloyati

↓930

↓0,8035

↓0,9596

↑1,2057

↓0,0000

Andijon viloyati

↓922

↓0,7873

↓0,8722

↑1,0788

↑2,0000

Fargʻona viloyati

↓903

↓0,7090

↓0,9449

↑1,1894

↓0,5000

Qoraqalpogʻiston

Respublikasi

↓747

↓0,6899

↓0,6382

↑1,1388

↓0,0000

Ruslan Abdullayev,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ