Turkmaniston Prezidenti tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28 noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28 noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Davlat rahbarlari oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbollarini muhokama qiladilar hamda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda qoʻshma loyihalar amalga oshirilishining borishini koʻrib chiqadilar.
Prezidentlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.
Turkmaniston Prezidenti 29 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Qirgʻiz Respublikasiga mobil shifoxona uchun konteynerlar yetkazib berildi

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi

Dushanbe shahridagi ilmiy-amaliy anjumanda Oʻzbekiston va Tojikiston aqliy markazlari hamkorlik oʻrnatish haqida kelishib olishdi (+video)

