| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Bozorlar1 daqiqada oʻqiladi237 marta oʻqildi

COVID-19 va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti

Koronavirus pandemiyasi sogʻliqni saqlash va global iqtisodiyot muammosiga aylandi. Pandemiya mahalliy aholi daromadlarini sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.

COVID-19 va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyoti

Koronavirus pandemiyasi sogʻliqni saqlash va global iqtisodiyot muammosiga aylandi. Butun dunyo boʻylab karantin qoidalarining joriy etilishi va Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy savdo hamkori Xitoyda ishlab chiqarish hajmini qisqarishi mintaqa mamlakatlari uchun tabiiy resurslar eksportidan tushumlarni kamayishiga, tashqi savdo aylanmasi hajmining qisqarishiga, mehnat muhojirlaridan pul oʻtkazmalari hajmi hamda mahalliy aholi daromadlarini sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.

COVID-19 pandemiyasi Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga qanday taʼsir koʻrsatmoqda?

Mintaqa mamlakatlarining asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarini vizuallashtirilgan holda Uzanalytics.com sayti tomonidan tayyorlangan qoʻyidagi interaktiv panelda kuzating. Bular yangi maʼlumotlar eʼlon qilinishi bilan yangilanadi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida YaIMning eng koʻp miqdorda pasayishi Qirgʻizistonda kutilmoqda: minus 4 foiz. Ayni paytda Qirgʻiziston Iqtisodiyot vazirligining prognozlari bundan ham pessimistik koʻrsatkichni taxmin qilmoqda: minus 7 foiz. Oʻzbekistonda esa mintaqa boʻyicha eng yuqori inflyasiya darajasi prognoz qilinmoqda, ammo bu yilgi inflyasiya oʻtgan yilga nisbatan past boʻlishi kutilmoqda.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra

Xom ashyo tovar fyucherslari narxlarining oʻzgarishi, AQSh dollarida

2019 yilning mart-aprel oylarida boshlangan neft va gaz narxlarida pasayish tendensiyasi keyinchalik koronavirus pandemiyasi tufayli yanada kuchaydi. Oltin narxi esa aksincha, bir yil davomida deyarli 40 foizga oshdi, bu Qirgʻiziston va Oʻzbekiston uchun manfaatlidir.

The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra

Milliy valyutalarning AQSh dollariga nisbatan kursi

Oziq-ovqat mahsulotlarida inflyasiya darajasi, foizda

Tojikiston: Dushanbe shahrida oziq-ovqat mahsulotlari asosiy turlarining narxi(somoniyda, narxlarning kumulyativ indeksi - foizda)

Xitoyning mintaqa mamlakatlari bilan tashqi savdosi

(Joriy yilning I choragida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻzgarishi, foizda)

COVID-19 pandemiyasi davrida Xitoyning Markaziy Osiyoga eksport hajmi kamaydi: Qirgʻizistonga - deyarli 50 foizga, Oʻzbekistonga – 30 foizga. Qozogʻistondan esa aksincha, eksport hajmi oshdi.

Xitoy bojxona xizmati statistik maʼlumotlariga koʻra

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ