Oʻzbekistonda dasturchilar uchun bepul onlayn kurslar ochilmoqda
Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad - raqamli texnologiyalar yoʻnalishida mutaxassislar avlodini tayyorlash, dasturlash boʻyicha ularga kerakli bilim va koʻnikmalarni berishdir.

Loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad - raqamli texnologiyalar yoʻnalishida mutaxassislar avlodini tayyorlash, dasturlash boʻyicha ularga kerakli bilim va koʻnikmalarni berishdir.
Toshkent shahridagi Inha universitetida “Bir million dasturchi” loyihasi ishga tushirildi. Loyihadan koʻzlangan maqsad raqamli texnologiyalar yoʻnalishida mutaxassislar avlodini tayyorlashdan iborat.
13 yoshdagi har bir kishi loyihada ishtirok yetish uchun ariza topshirishi mumkin. Yangi bilimlarni masofaviy tarzda maxsus onlayn portal orqali olishadi.
Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni oʻz ichiga oladi: Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development, Frontend Development. Umumiy kurs 120 soatlik taʼlim uchun moʻljallangan.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar grantlar uchun raqobatlasha olishadi va Udacity platformasidagi 100dan ortiq Nanodegree dasturlarining birida oʻqishni davom ettirishlari mumkin. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar grantlar uchun raqobatlasha olishadi va Udacity platformasidagi 100dan ortiq Nanodegree dasturlarining birida oʻqishni davom ettirishlari mumkin.
Mazkur loyiha Oʻzbekistonda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Dubay Future Foundation jamgʻarmasi hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti, IT-akademiyasi va al-Xorazmiy nomidagi IT-maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

