Yana toʻrt nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor butunlay sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Ular turli mamlakatlardan charter reys orqali vatanga qaytib kelishgan.

Bugun, 14 aprel kuni Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 4 nafar bemor butunlay sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sogʻayganlardan (barchasi erkak) uch nafari (ikki nafari Toshkent shahridan, bir nafari samarqandlik) charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan. Yana bir nafari esa qashqadaryolik boʻlib, charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga kelgan. Barchasi karantinda boʻlishgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanishni boshlashgan.
Oʻzbekistonda jami tuzalganlar soni 89 nafarga yetdi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

