| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi386 marta oʻqildi

Yana 20 nafar bemor butunlay koronavirusdan tuzaldi

16 aprel kuni Buxoroda xorijdan kelgan 20 nafar bemor koronavirusdan butunlay tuzaldi. Ular reabilitatsiyaga kuzatib qoʻyildi.

Yana 20 nafar bemor butunlay koronavirusdan tuzaldi

16 aprel kuni Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 20 nafar bemor butkul sogʻaydi. Ular viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.

Tuzalganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan boʻlib, “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysida karantinga olingan edi. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ulardan 11 nafari Toshkent shahri, 4 nafari Samarqand viloyati, 2 nafari Jizzax viloyatidan, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridan esa 1 nafarni tashkil etadi. Ular orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 21 yoshda.

Bemorlarning darddan forigʻ boʻlishida, shubhasiz, mazkur shifoxona tibbiyot xodimlarining birdamlikda olib borgan samarali davolash muolajalari muhim ahamiyat kasb etdi. Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 8 nafar bemor sogʻaygan boʻlsa, endilikda ular 28 nafarga yetdi.

Ayni paytda qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan jami 127 nafar bemor toʻliq sogʻaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ