Xorijdagi oʻbekistonliklar turoperatorlar tomonidan olib kelinishi mumkin
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga koʻra, 1 iyuldan boshlab karantin qoidalariga bir qancha oʻzgarishlar kiritilmoqda. Jumladan, xorijdagi oʻzbekistonliklarni turoperatorlar va aviatashuvchilar tomonidan ham respublikaga yetkazib kelish reyslari tashkil qilinishiga ruxsat berildi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan (qizil reyslar) Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga oʻz xohishiga koʻra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini toʻlagan holda mehmonxonada oʻtkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.
Xususan:
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan shakllantirilgan roʻyxatga kiritilgan mehmonxonalar ularga tegishli obʼyektlarni 24 soat uzluksiz qoʻriqlash boʻyicha Milliy gvardiya bilan shartnoma tuzadi;
ushbu mehmonxonalarda tibbiyot muassasalari tomonidan shartnoma asosida kundalik tibbiy xizmat tashkil etiladi;
fuqarolar respublikaning xalqaro aeroportlari va chegara oʻtkazish punktlaridan mehmonxonalargacha yoʻl patrul xizmati vakillari kuzatuvi ostida transport vositalari bilan yetkaziladi.
Bundan tashqari barcha yuqorida qayd etilgan talablarga qatʼiy rioya etgan holda, karantin nazorati davrini oʻtkazish uchun mehmonxonalarda joylashtirish sharti bilan xorijiy mamlakatlardagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni turoperatorlar va aviatashuvchilar tomonidan ham respublikaga yetkazib kelish reyslari tashkil qilinishiga ruxsat berildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

