Viloyatlararo avtobuslar va dam olish maskanlariga qatnovchi avtobuslar uchun ruxsat berildi
"Yashil" hududlardan viloyatlarga qatnovchi avtobuslar "qizil" hududlarda toʻxtamagan holda va yana bir qancha shartlar asosida harakatlanadi.

Shuningdek, "yashil" hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yoʻlga qoʻyishga ruxsat berildi.
Bunda:
avtobuslarda haydovchi va yoʻlovchilar tibbiy niqob, tibbiy qoʻlqopda boʻlishi lozimligi, shuningdek, ularning tana harorati pirometrlarda oʻlchanib, 37ºS va undan yuqori boʻlgan holatda ularning avtobus saloniga chiqarilmasligi;
avtobuslar viloyatlaro qatnovlarda "qizil" hududlarda toʻxtamagan holda harakatlanadi;
avtobuslar doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin toʻliq dezinfeksiyadan oʻtkaziladi;
avtobuslarda harakatlanayotgan yoʻlovchilarning reyslar kesimidagi roʻyxati (bazasi) yuritiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

