Oʻzbekistonda 5 kunlik oʻqish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga koʻra, Oʻzbekistonda turizm sohasi bilan shugʻullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularning sayʼi-harakatlarini turizm sohasidagi islohotlarga safarbar etish hamda yoshlar turizmini rivojlantirish maqsadida yoshlar turizmi boʻyicha jamoat birlashmalarini tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oylik muddatda ichki turizmni rivojlantirish doirasida oʻquvchi va talabalar hamda ularning ota-onalari sayohatlarini samarali tashkil etish maqsadida barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida besh kunlik oʻqish tizimini joriy etish hamda turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi taʼtil muddatini qisqartirish hisobidan qishgi taʼtil davrini uzaytirish boʻyicha taklif ishlab chiqadi va kiritadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

