| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Jamiyat1 daqiqada oʻqiladi806 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda 5 million aholi kambagʻallikda hayot kechirmoqda

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Prezidentimizning xalqimizga yoʻllagan murojaatnomasida koʻtarilgan masalalar, ularni hal etish choralariga eʼtibor qaratdi.

Oʻzbekistonda 5 million aholi kambagʻallikda hayot kechirmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi.

OʻzA xabar berishicha, tadbirda chiqish qilgan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Prezidentimizning xalqimizga yoʻllagan murojaatnomasida koʻtarilgan masalalar, ularni hal etish choralariga eʼtibor qaratdi.

«Xalqimiz farovonligini oshirish murojaatnomada koʻzda tutilgan bosh maqsaddir. Davlatimiz rahbari bu yoʻnalishda qanday muammolar borligi bilan bir qatorda ularning yechimlarini ham koʻrsatib berdi. Aslida farovonlik har bir insonning normal hayot kechirishi uchun barcha sharoiti yaxshi boʻlishidir. Hammada shunday imkoniyat bor, deya olamizmi? Afsuski, yoʻq.

Shu maʼnoda Prezidentimiz kambagʻallik haqida bejiz toʻxtalmadi. Chunki bu muammo mamlakatimizda mavjud.

Ilgari ijtimoiy sohada ishlaganim uchun ham men buni yaxshi bilsam-da, «kambagʻallik yoʻq», deb aytish mumkin emas edi. Biz buni «kam taʼminlanganlik», deb xaspoʻshlab keldik.

Holbuki, bugun Oʻzbekistonda 5 million aholi kambagʻallikda hayot kechirmoqda. Muammoni ochiq aytishdan maqsad-muddao esa unga barham berish uchun barcha choralarni ishga solishdir», degan Oliy majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.

Senat raisi jamiyatdagi mavjud muammolar yechimida har bir tizim oʻz vazifasini toʻlaqonli bajarishi maqsadga muvofiqligini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida mamlakatda kam taʼminlangan aholi soni 12−15 foizni tashkil etishi toʻgʻrisida gapirgan va Oʻzbekistonda Kambagʻallikni kamaytirish dasturi ishlab chiqilishini maʼlum qilgandi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ