Andijon viloyati maktablarida kompyuter texnologiyalari boʻyicha toʻgaraklar ochiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar oʻrtasida kompeyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi, aholi va yoshlar oʻrtasida kompeyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishga qaratilgan
Shundan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmogʻidan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2019 yil 20 noyabrda 921-son qarori chiqdi.
Ushbu qarorni qabul qilishdan asosiy maqsad, Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari, kompyuter oʻyinlari va kompyuter sportiga (kibersportga) jalb etishga qaratilgan.
Shu bilan birga, xalqaro miqyosda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali dasturchi va mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, umumtaʼlim maktablarini zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan taʼminlash va yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish, kompyuter oʻyinlari va kibersportni yoshlar oʻrtasida yanada ommalashtirishga qaratilgan.
Ushbu qarorning eng asosiy jihatlaridan biri Andijon viloyati tuman (shahar)larida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining tarkibiy boʻlinmasi shaklida raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil qilish va umumtaʼlim maktablarida kompyuter texnologiyalari, kompyuter oʻyinlari va kibersport boʻyicha toʻgaraklarni tashkil etish belgilandi.
Toʻgaraklarning asosiy vazifalari etib, yoshlarga kompyuter dasturlash asoslari, kompyuter savodxonligi, axborot texnologiyalari asoslarini oʻrgatish, yoshlarning boʻsh vaqtlarida kibersport hamda axborot texnologiyalariga qiziqishini oshirish, ushbu sohada ularga kasbiy koʻnikmalar berish belgilandi.
Qaror asosida, Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmogʻidan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi va Andijon viloyatida raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari hamda umumtaʼlim maktablarida kompyuter texnologiyalari, kompyuter oʻyinlari va kibersport toʻgaraklarini tashkil etishni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi ham tasdiqlandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

