| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Trendlar2 daqiqada oʻqiladi1 277 marta oʻqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalarida eng koʻp qoʻllanilgan soʻzlar tahlili

Murojaatnomada “xalqaro”, “tizim”, “taʼlim”, “soliq”, “zamonaviy” soʻzlari eng koʻp qoʻllanilgan va ularga alohida urgʻu berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalarida eng koʻp qoʻllanilgan soʻzlar tahlili

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaat qilish anʼanasi dastlab 2017 yil dekabr oyida joriy etilgan boʻlib, mazkur Murojaatnomada koʻtarilgan masalalar oʻz dolzarbligi bilan barcha fuqarolarimiz va xalqaro hamjamiyatning diqqat eʼtiborini oʻziga tortib kelmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻz murojaatida odatda oʻtgan yilni sarhisob qiladi va yaqin kelajakda respublikani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilab beradi. 2020 yil 24 yanvarda Prezidentimizning Oliy Majlisga uchinchi marotaba murojaati kutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida jami 7673 ta soʻz ishlatilgan boʻlsa, 2017 yilda esa jami 12069 ta soʻz ishlatilgan.

2018 yildagi Murojaatnoma matnida keltirilgan soʻzlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan eng koʻp ishlatilgan soʻzlarning kontent analizi amalga oshirilib, ularni tasviriy ifodalovchi soʻzlar jamlanmasi tuzildi.

  • Rasmda Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilgi Oliy Majlisga Murojaatnomasida eng koʻp ishlatilgan soʻzlar oʻrin olgan.

  • Rasmda Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilgi Oliy Majlisga Murojaatnomasida eng koʻp ishlatilgan soʻzlar oʻrin olgan.

Markaz tomonidan Murojaatnomalarda eng koʻp ishlatilgan 15 ta soʻz tahlil qilindi. Bunda soʻzlar tahlil qilinayotgan matn ichida qancha koʻp ishlatilgan boʻlsa, tasvirda soʻz shuncha katta koʻrinadi.

Har ikkala Murojaatnomada eng koʻp ishlatilgan soʻz bu “davlat” soʻzidir.

2018 yilgi Murojaatnomada “davlat” soʻzi 53 marta ishlatilgan boʻlsa, 2017 yilda 81 marta ishlatilgan.

Ikkinchi va uchinchi oʻrinlarda eng koʻp ishlatilgan soʻzlar “biz” va “yangi” soʻzlari boʻlib, ular 2018 yilda 2017 yil bilan taqqoslaganda oʻrta hisobda 15 taga kamaygan. Buni faqat biz oʻzimiz, oʻz kuchimiz bilan yangi Oʻzbekistonni qurish imkoni va burchiga egamiz deb tushunsak boʻladi.

2017 yilga nisbatan “Vazirlar Mahkamasi” soʻz birikmasi 2018 yilda 7 marta koʻp ishlatilgan. Bu esa mamlakatimizdagi ijro organi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oldiga juda katta vazifalar va topshiriqlar qoʻyilganligidan hamda uning xalq oldidagi masʼuliyati oshirilganligidan dalolat beradi.

Bundan tashqari Murojaatnomada “xalqaro”, “tizim”, “taʼlim”, “soliq”, “zamonaviy” soʻzlari eng koʻp qoʻllanilgan va ularga alohida urgʻu berilgan.

Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvarda boʻlib oʻtishi kutilayotgan Oliy Majlisga Murojaatnomasida eng dolzarb mavzular qaysilar boʻlishi va eng koʻp qaysi soʻzlar ishlatilishi mumkin deb hisoblaysiz?

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ