Oʻzbekiston “Open Knowledge Foundation”ning munozara guruhiga qoʻshildi
“Open Knowledge Foundation”ning munozara guruhi tarkibida Open Knowledge Oʻzbekistan munozara guruhi yaratildi. Bu mamlakat ochiq maʼlumotlaridagi muammolar, voqea-hodisalar, gʻoyalar va loyihalarni muhokama qilish uchun katta imkoniyat yaratadi.

“Open Knowledge Foundation”ning munozara guruhi tarkibida Open Knowledge Oʻzbekistan munozara guruhi yaratildi. Bu mamlakat ochiq maʼlumotlaridagi muammolar, voqea-hodisalar, gʻoyalar va loyihalarni muhokama qilish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Open Knowledge Foundation – bu jamiyatda ochiq maʼlumotlarning ahamiyatini oshirishga qaratilgan global, notijorat tashkilot boʻlib, fuqarolik jamiyatida maʼlumotlarga kirish va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun ulardan foydalanishda yordam beradi. Shuningdek, Open Knowledge International tomonidan yuritiladigan Global Ochiq maʼlumotlar indeksi reytingi (Global Open Data Index) – hukumatning ochiq maʼlumotlari holatini dunyo miqyosida baholashlardan biri hisoblanadi.
Open Knowledge Foundation asoschisi va prezidenti Doktor Rufus Pollok birinchilardan boʻlib, Oʻzbekistonning ochiq maʼlumotlar boʻyicha munozara guruhiga qiziqish bildirib, ochiq maʼlumotlarni yanada rivojlantirishda omad tilagan holda sharh qoldirdi.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joizki, Doktor Rufus Pollok maʼlumotlarni ochish va foydalanish uchun qulayliklar yaratishga ixtisoslashgan “Open Knowledge Foundation” xalqaro notijorat tashkilotining asoschisi va prezidenti hisoblanadi. U Shuttlvort jamgʻarmasi xodimi va Kembridj universiteti Emmanuel kollejining iqtisodiy masalalar boʻyicha xodimi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirda bir nechta mamlakatlarning ochiq maʼlumotlar boʻyicha maslahatchi hisoblanadi. U shuningdek, yangiliklar yaratish va tarqatish bilan bogʻliq ijtimoiy, huquqiy va texnik muammolar boʻyicha olim va texnolog sifatida katta tajribaga ega.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Poytaxt sektor rahbarlari aholi muammolarini qay darajada hal eta olyapti?

Toshkentda ommaviy qabullar viloyatlardagi ommaviy qabullardan nimasi bilan farq qiladi?

«Oʻztransgaz» aholiga murojaat yoʻlladi

