Tramp 2 milliondan ortiq COVID-19 vaksinalari tayyorligini aytmoqda
Trampning aytishicha, Qoʻshma Shtatlardagi sakkiztagacha kompaniya COVID-19 uchun emlashlar va dorilarni ishlab chiqmoqda.

AQSh prezidentining soʻzlariga koʻra, agar tibbiy sinovlar uning samaradorligi va xavfsizligini isbotlasa, vaksinalar tarqatishga tayyor.
Va nihoyat xushxabar: AQSh olimlari koronavirusni batamom bloklovchi antitanachani aniqlashdi
«Vaksinalarni ishlab chiqish boʻyicha katta yutuqlarga erishildi. Biz transport va logistika sohasida harakat qilamiz. 2 milliondan ortiq vaksina, agar tekshiruvdan samarali oʻtsa, joʻnatishga tayyor», dedi Tramp. Uning aytishicha, Qoʻshma Shtatlardagi sakkiztagacha kompaniya COVID-19 uchun emlashlar va dorilarni ishlab chiqmoqda.
Prezident infeksiyani davolash usulini ishlab chiqish bilan bogʻliq «juda ijobiy kutilmagan hodisalar»ni taʼkidladi. Avvalroq, “The New York Times” Amerika maʼmurlari yangi koronavirus uchun vaksina ishlab chiqaradigan beshta kompaniyani tanlaganliklari haqida xabar berishgan. Ular orasida “Moderna” va “Angra-Shved” farmatsevtika kompaniyalari bor.
Hukumatning rejasiga koʻra, har bir vaksina sinovlarida 30 ming kishi qatnashadi va barcha yosh guruhlari qamrab olinadi. Shuningdek, sinovlar AQShdan tashqarida, pandemiyadan aziyat chekadigan boshqa mintaqalarda ham oʻtkazilishi mumkin.
May oyi boshida Amerika yetakchisi AQShda mutaxassislar shu yil oxiriga qadar koronavirusga qarshi vaksina yaratishi mumkinligini maʼlum qilgandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

