Tovar-xom ashyo birjasi tender savdo tizimining yangi vebsaytini ishga tushirdi
Yangi tizim tanlov va tenderlarning shaffofligi va samaradorligini oshiradi.

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali xarid.uz ning operatori sifatida elektron tanlov va tender savdo tizimini etender.uzex.uz yangi vebsaytida ishga tushirdi.
Davlat xaridlari boʻyicha yangi elektron savdo tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 dekabrdagi PQ-4544-son “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subʼyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi va joriy etildi. Bu 2020 yil – “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da birja tomonidan amalga oshirilgan ikkinchi (birinchi loyiha – yangilangan KYaS) yirik loyiha hisoblanadi.
Davlat xaridlari boʻyicha yangi tizimni yaratishdan koʻzlangan asosiy maqsad tanlov va tenderlarning shaffofligi va samaradorligini oshirish, hamda davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subʼyektlarini keng jalb qilishdan iboratdir.
Davlat xaridlari boʻyicha tanlov va tenderlarni yangi tartibda oʻtkazilishi bir qator afzaliklarga ega, shu jumladan:
Tanlov va tenderlar elektron shaklda oʻtkaziladi. Tanlov va tenderlarda buyurtmachi va yetkazib beruvchilar aksariyat operatsiyalarni shaxsiy kabinet orqali amalga oshiradilar. Masalan, tanlov va tenderda ishtirok etish uchun barcha hujjatlar elektron shaklda yuboriladi. Bundan avval ushbu hujjatlar konvertda, yaʼni qogʻoz shaklida yuborilar edi.
Yetkazib beruvchilarning takliflari belgilangan mezonlar asosida avtomatik tarzda baholanadi. Tanlov va tender gʻoliblarini aniqlashning boshlangʻich bosqichida kelib tushgan takliflar belgilangan mezonlar asosida avtomatik tarzda, yaʼni inson omilisiz, elektron tizim tomonidan baholanadi.
Tanlov va tenderning gʻoliblari shaffoflik va oshkoralik tamoyillari asosida aniqlanadi. Tanlov yoki tender yakunlariga koʻra qabul qilinadigan qarorlar elektron bayonnoma shaklida xarid komissiyasi aʼzolari tomonidan elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtiriladi. Savdo gʻolibi bilan shartnoma ham elektron shaklda tuzilib, taraflarning elektron raqamli imzo bilan imzolanadi va shartnomalar reyestriga kiritiladi. Shuningdek tanlov va tenderning natijalari davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida oshkor etiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

