| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi56 marta oʻqildi

Toshkentda avtomobil sanoatida qoʻllaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Koʻpikli polipropilen mahsulotining 2-3 barobar yuqori boʻlgan turini va keyinchalik avtokompanetlar hamda sanoatda ishlatiladigan issiqlikni saqlovchi izolatsiya vositalari tayyorlash koʻzda tutilgan.

Toshkentda avtomobil sanoatida qoʻllaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 iyul kuni videokonferensaloqa orqali neft-gaz kimyosi, elektr texnikasi va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar taqdimoti hamda ushbu tarmoqlarni rivojlantirish ishlari boʻyicha hisobotlar bilan tanishdi.

Mutasaddilar neft va gaz kimyosi tarmogʻidagi yangi loyihalar boʻyicha maʼlumot berishdi.

«Oʻzkimyosanoat» boshqaruvi raisi Joʻrabek Mirzamaxmudov mazkur yigʻilishdan olgan xulosalari va kelgusidagi rejalar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

– Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda har bir vazirlik va tashkilotga nima ish qilishi, tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan hamkorlik borasida aniq vazifalar belgilab berildi. Unda loyihalarni oʻz muddatida bajarish, bunda ularning sifatiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bozorini oʻylash va raqobatbardoshliligini taʼminlashga alohida eʼtibor berish kerakligi qayd etildi.

Bunda esa nafaqat yirik, balki kichik boʻlsada samarasi yuqori boʻlgan loyihalar ham muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent shahrida avtomobil sanoatida keng qoʻllaniladigan koʻpikli polipropilen ishlab chiqarish. Hozirda import qilinayotgan ushbu mahsulotni 2-3 barobar yuqori boʻlgan turini va keyinchalik avtokompanetlar hamda sanoatda ishlatiladigan issiqlikni saqlovchi izolatsiya vositalari tayyorlash koʻzda tutilgan.

“Navoiyazot”da metallalomni qayta ishlash orqali karbamid formalina konstrantlar ishlab chiqarish. Bu loyihani amalga oshirishda Avstriyani yirik kompaniyasi bilan qoʻshma korxona tashkil etildi. Hozirda qurilish ishlari boshlangan boʻlib, keyingi yilning birinchi choragida korxona ishga tushadi. Bu kabi loyiha va hamkorlarni koʻpaytirish alohida eʼtiborda.

Oʻtgan yili dekabrda “Navoiyazot” negizida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasi ishga tushirilgan boʻlsa, uning samaradorligidan kelib chiqib ikkinchi bosqichini ham amalga oshirish borasida topshiriq oldik. Uni jadallashtirishda sifatiga alohida eʼtibor bergan holda xitoylik hamkorlar bilan yil yakuniga qadar loyiha hujjatlarini yakunlab, qurilishni boshlaymiz.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ