| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi837 marta oʻqildi

Toshkentda 5 kun ichida koronavirusni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalar quriladi (video)

Toshkentning uchta hududida karantinga moʻljallangan kasalxonalarni qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari ushbu kasalxonalarni 5 kun muddat ichida bitkazish rejalashtirilayotgani haqida maʼlum qildi.

Toshkentda 5 kun ichida koronavirusni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalar quriladi (video)

"Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.

Farmonga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida 10 trln soʻm miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi tashkil etildi.

Jamgʻarma mablagʻlari:

  • davolash va koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur boʻladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan taʼminlash;

  • xavf-xatar ostida boʻlgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda boʻlgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;

  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratish;

  • yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash boʻyicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun yoʻnaltirildi.

Prezidentimiz topshirigʻiga binoat xorijdan olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz uchun karantin muddatida qulay sharoitlarda yashash va virus aniqlangudek boʻlsa, davolanishlari uchun kasalxona qurilishi boshlab yuborildi.

Shifoxona Toshkent shahri Chilonzor tumani Arnasoy mavzesida, Toshkent viloyati Zangiota tumanida va Yuqori chiqchiq tumanida 53 gektar maydonda kasalxona qurilmoqda.

Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Hayot Inogʻomov kasalxona 5 kun ichida qurib bikazilishi rejalashtirilayotgani haqida maʼlum qildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ