Toshkent viloyatining 7 ta tumani va 3 ta shahri qizil hududga kiritildi
Viloyat hokimligi 26 may holatiga koʻra toifalashtirilgan "qizil", "sariq" va "yashil" hududlar nomini maʼlum qildi.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati 26 may 2020 yil holatiga koʻra, viloyatda koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda toifalashtirilgan tuman(shahar)lar roʻyxatini eʼlon qildi.
"QIZIL" hududlar – Bekobod, Yangiyoʻl, Nurafshon shaharlari, Qibray, Oqqoʻrgʻon, Zangiota, Parkent, Toshkent, Yuqorichirchiq, Yangiyoʻl tumanlari.
"SARIQ" hududlar – Angren, Chirchiq shaharlari, Bekobod, Quyi Chirchiq, Chinoz, Oʻrta Chirchiq tumanlari.
"YaShIL" hududlar – Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Boʻka, Boʻstonliq, Piskent tumanlari.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

