| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari qoldirildi

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe joriy yilning yozida boʻlib oʻtishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini qoldirish uchun kelishuv imzoladi.

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari qoldirildi

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari qoldirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Xabarda yozilishicha, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe joriy yilning yozida boʻlib oʻtishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini keyingi yili oʻtkazilishi boʻyicha kelishuvga erishgan.

“2021 yilning yoz fasli Tokio Olimpiadasi uchun oxirgi sana boʻlib qoladi”, deya qoʻshimcha qilgan Abe.

Maʼlumot uchun, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar, Paralimpiya oʻyinlari esa 25 avgustidan 6 sentyabriga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ