Supermarketlarga kirishda fuqarolar bepul tibbiy qoʻlqop bilan taʼminlanadi
Respublika maxsus komissiyasi sanitariya-karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgiladi.

Quyidagi sanitariya-karantin cheklovlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi:
jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obʼyektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yigʻilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqob va qoʻlqopdan hamda antiseptik vositalaridan doimiy ravishda foydalanish;
yoʻnalishlarda harakatlanayotgan avtobuslar salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya etish, shu jumladan, yoʻlovchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish;
supermarket va boshqa yirik doʻkonlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qoʻlqop bilan taʼminlash;
“sariq” hududlarda (soat 06:00 dan – 22:00 ga qadar), “qizil” hududlarda (07:00 dan – 10:00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat berilgan vaqtdan boshqa vaqtlarda harakatlanmaslik;
toʻy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining oʻzida 30 kishidan koʻp boʻlmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazish.
Bunda,
ushbu sanitariya va karantin cheklovlariga rioya etmaslik, shu jumladan, avtobus salonlarida sanitariya-epidemiologiya talablarini buzish;
avtotransport vositalaridan ruxsat berilgan vaqtdan tashqarida foydalanish, jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati obʼyektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlamaslik;
uch kishidan ortiq yigʻilish, tibbiy niqobdan foydalanmaslik, oilaviy tantana;
toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish tartibini buzish;
tegishli masʼullar hamda fuqarolarga nisbatan epidemiyalarga qarshi kurash talablarini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

