Siz yashab turgan joy qanday hududga kiradi? Oʻz hududingizni bilib oling
Oʻzbekistonda «qizil», «sariq» va «yashil» toifaga ajratilgan tuman va shaharlar roʻyxati eʼlon qilindi. Respublika maxsus komissiyasining qarori asosida 11 maydan «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratilgan tuman va shaharlar haqida maʼlumot berildi.

Respublika maxsus komissiyasi mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sogʻayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda respublika hududlari 2020 yilning 11 mayidan eʼtiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratdi.
Bunda:
«sariq» va «qizil» toifadagi viloyatlarda koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan tuman (shahar)lar «yashil» toifaga kiritiladi;
«yashil» yoki «sariq» toifadagi viloyatning biror-bir tumani (shahri)da koronavirus infeksiyasi aniqlanadigan boʻlsa, butun viloyatning toifasini oʻzgartirmagan holda tegishli tuman (shahar)ning oʻzi «qizil» toifaga oʻtkaziladi.
Toshkent shahrini «qizil», «sariq» va «yashil» toifalarga ajratish epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining taklifi asosida mahallalar, dahalar, mavzelar kesimida amalga oshirilishi mumkin.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining har bir tuman (shahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sogʻayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda tuman (shahar)larning toifasini oʻzgartirish yuzasidan doimiy ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.
Fotogalereya 3
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya




