| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Trendlar1 daqiqada oʻqiladi556 marta oʻqildi

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasidagi nutqlarida eng koʻp qoʻllanilgan soʻzlar tahlili

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yigʻilishida nutq soʻzladi.

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasidagi nutqlarida eng koʻp qoʻllanilgan soʻzlar tahlili

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yigʻilishida nutq soʻzladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida jami 3432 ta soʻz ishlatilgan boʻlsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yigʻilishida nutqida esa jami 4335 ta soʻz ishlatilgan.

Mazkur nutqlarning stenogrammasida keltirilgan soʻzlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan eng koʻp ishlatilgan soʻzlarning kontent analizi amalga oshirilib, ularni tasviriy ifodalovchi soʻzlar jamlanmasi tuzildi. Bunda soʻzlar tahlil qilinayotgan matn ichida qancha koʻp ishlatilgan boʻlsa, tasvirda soʻz shuncha katta koʻrinadi.

  • 1-rasmda Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida eng koʻp ishlatilgan soʻzlar oʻrin olgan.

Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida eng koʻp “senat” va “senatorlar” soʻzlari qoʻllanilgan boʻlib, jami 82 marta ishlatilgan. Keyingi oʻrinlarda eng koʻp ishlatilgan soʻzlar esa “tashkil”, “zarur”, “mahalliy” va “davlat” soʻzlari hisoblanadi. Bu esa oʻz navbatida senat va senatorlar zimmasiga mahalliy kengashlar bilan birga ularning faoliyatni samarali tashkil etish orqali mamlakatimizni yanada rivojlantirish uchun yuksak masʼuliyat yuklanganligidan dalolat beradi.

  • 1-rasmda Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yigʻilishidagi nutqida eng koʻp ishlatilgan soʻzlar oʻrin olgan.

Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 20 yanvar sanasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi yigʻilishidagi nutqida eng koʻp “parlament” soʻzi qoʻllanilgan boʻlib, jami 34 marta ishlatilgan. Keyingi oʻrinlarda eng koʻp ishlatilgan soʻzlar esa “qonun”, “xalqaro”, “yangi”, “xalq”, “saylov”, “deputatlar” soʻzlari hisoblanadi. Mazkur soʻzlar oʻrta hisobda 20 martadan ishlatilgan. Bu esa oʻtgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar va tashkilotlarning har doimgidan faol ishtirok etganligi barobarida qonunchilik tizimini rivojlantirishda parlament faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish muhim rol oʻynashini anglatadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ