| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi1 148 marta oʻqildi

“Sariq” toifada boʻlgan hudud “qizil” toifaga oʻtkazildi

9 va 11 may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida koronavirus bilan kasallanishning yangi oʻchoqlari yuzaga keldi.

“Sariq” toifada boʻlgan hudud “qizil” toifaga oʻtkazildi

Respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 9 va 11 may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida koronavirus bilan kasallanishning yangi oʻchoqlari yuzaga kelgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq:

  • Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasiga oʻzgartirish kiritmagan holda “Sariq” toifada boʻlgan Zarafshon shahri “Qizil” toifadagi hududga oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Unga koʻra, koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik holatdan kelib chiqib, “qizil” toifadagi hudud uchun muayyan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat (kamida 14 kun davomida) barqarorlashgunga qadar saqlanib qoladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ