Rossiyaning Selectel bulutli provayderi Oʻzbekiston bozoriga chiqadi
Oʻzbekiston Selectel bulutli platformasi mahalliylashtirilgan ilk mamlakat boʻldi.

2020 yilning 6 may kuni Rossiyaning Selectel yetakchi bulutli provayderi Oʻzbekistonda oʻz ish faoliyatini boshladi. Kompaniya IT-ishlanmalarini va biznesni raqamlashtirish vositalarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Selectel yangi bozorda rivojlanish yoʻlida uch yil ichida bir million AQSh dollarigacha sarmoya kiritadi.
Oʻzbekiston Selectel bulutli platformasi mahalliylashtirilgan ilk mamlakat boʻldi. 2020 yil oxiriga qadar, Selectel shuningdek, Belarus bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunda respublikada maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash uchun bulutli xizmatlarga talab shakllanmoqda, jamoaviy faoliyat va biznes yuritish uchun yechimlar qidirilmoqda.
“Biz Oʻzbekistonni ilk tashqi bozor sifatida tanladik, chunki mamlakatning iqtisodiy salohiyatini va hukumatning raqamli davlat va iqtisodiyot qurishga intilishlarini koʻrib turibmiz. Bulutli texnologiyalar ushbu jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi. Biz Selectel yechimlari nafaqat shiddat bilan rivojlanayotgan IT-sanoatida, balki Oʻzbekiston uchun anʼanaviy biznes sohalarida ham talabgir boʻlishiga ishonamiz”, - dedi Selectel bosh direktori Oleg Lyubimov.
Selectel oʻzining infratuzilmasini Toshkent shahridagi maʼlumotlar markaziga joylashtirdi, bu esa unga oʻrnatilgan xizmatlarning yuqori tezlikda va uzluksiz ishlashini taʼminlaydi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Selectel Office ofis dasturlari va koʻp funksiyali SelectelChat messenjeri, yaʼni, qulay va samarali ishlarni tashkil qilish uchun biznes-ilova mavjud. Iyul oyiga qadar Selectel bulutli platformasi ishga tushiriladi. Bu har qanday miqyos va murakkablikdagi raqamli mahsulotlar uchun tez va arzon infratuzilmani yaratishga imkon beradi.
“Biz Oʻzbekistonda kuchli sheriklik tarmogʻiga ega boʻlgan muvaffaqiyatli biznes qurishni niyat qilganmiz. Selectel bozorni birgalikda rivojlantirish uchun mahalliy provayderlar va integratorlarga hamkorlikning turli xil koʻrinishlarini taklif etadi ", - deya taʼkidladi Selectel kompaniyasi bosh direktori Oleg Lyubimov.
Selectel buning uchun provayder xizmatlari sherik brendi ostida sotiladigan mahsulotga birlashtiriladigan White Label sxemasi, va provayder sherigi tomonidan jalb qilingan mijozlardan kelib tushgan daromadlarini u bilan boʻlishadigan Revenue Share sxemasi boʻyicha hamkorlik dasturlarini tayyorladi.
Selectel 2008 yilda tashkil topgan va 10 yildan ortiq vaqt mobaynida bulutli xizmatlarni ishlab chiqarmoqda. Kompaniya Amazon Web Services, Rackspace va OVH bilan bir qatorda turgan holda Rossiyadagi Intel Cloud Technology global dasturining birinchi ishtirokchisi boʻldi. Bugungi kunda Selectel 15 mingdan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatadi. Ular orasida Sharqiy Yevropadagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri boʻlgan “VKontakte”, “Uchi.ru” xalqaro taʼlim platformasi, “Sitimobil” onlayn taksi buyurtma xizmati, “Samokat” taom yetkazib berish xizmati va boshqa taniqli brendlar oʻrin olgan.
Maʼlumot uchun:
Selectel - bulutli xizmatlarni va maʼlumotlar markazi xizmatlarini taqdim etuvchi Rossiya provayderi. Kompaniya CNews Analytics tomonidan tuzilgan Rossiyadagi yuzta eng yirik IT-kompaniyalar reytingiga va bulutli infratuzilma taʼminotchilarining ilk beshtaligiga kiradi. Selectel kompaniyasining texnologik yetakchiligi bir qator industrial mukofotlar, shu jumladan Runet mukofoti bilan tasdiqlangan. Oʻzining 11 yillik ish faoliyati davomida Selectel yakka tartibdagi tadbirkorlardan tortib yirik xalqaro korporatsiyalargacha boʻlgan 15 mingdan ortiq mijozlarning ishonchini qozondi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

