| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi132 marta oʻqildi

Restoranlar, bozorlar, parklar sport zallari va xususiy bogʻchalar faoliyati toʻxtatiladi

Koronavirus infeksiyasining oxirgi kunlarda yuqish holati koʻpayganligi sababli respublika miqyosidagi obʼyektlar faoliyati toʻxtatildi.

Restoranlar, bozorlar, parklar sport zallari va xususiy bogʻchalar faoliyati toʻxtatiladi

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi obʼyektlar faoliyati toʻxtatildi:

  • parklar va istirohat bogʻlaridagi attraksionlar;

  • buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik doʻkonlar;

  • sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;

  • tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar maktabgacha taʼlim tashkilotlari, oʻquv kurslari va har qanday toʻgaraklar;

  • umumiy ovqatlanish obʼyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);

  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ