Respublika Maxsus komissiyasi: Bogʻcha, maktab va oʻquv kurslariga boʻlgan cheklov oʻz kuchida qoladi
Cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini taʼminlash va koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilish.

Koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi alohida hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni taʼminlash maqsadida taʼlim muassasalari va oʻquv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga cheklov oʻz kuchida qoladi.
Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini taʼminlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.
Karantin choralarini yumshatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bolalar tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi toʻla bartaraf etilgan zahoti, MTTlar faoliyati tiklanadi. Bu haqda qoʻshimcha maʼlum qilinadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

