Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqidagi asosiy yoʻnalishlar
Oʻzbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqini lingvistik tahlili.

Oʻzbekiston Respulikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi 16 daqiqadan koʻproq davom etdi. Bu vaqt oraligʻida jami boʻlib 1263 soʻzlarni ishlatdi.
Prezident nutqini tahlili quyidagi eng koʻp takrorlangan soʻzlar jamlanmasi koʻrsatdi: "Birlashgan Millatlar Tashkiloti” – 17 marta, “xalqaro” – 11 marta, “Oʻzbekiston”, "Markaziy" "global" soʻzlari – 8 marta, "iqtisodiy", "mamlakat", "mintaqa", "pandemiya" va "taʼminlash" soʻzlarini esa – 6 marta, "Yoshlar", "Afgʻoniston", "afgʻon", "jamiyat", "ijtimoiy", "ekologik" soʻzlarini – 5 martadan, "Barqaror", "Inson", "Parlament", "strategiya", "tinchlik", "xavfsizlik" va "fuqarolik" soʻzlarini – 4 martadan, "Orolboʻyi", "qashshoqlik", "sheriklik" – 3 marta, "Korrupsiya" soʻzi – 2 marta ishlatdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqidagi asosiy yoʻnalishlar
BMT Bosh kotibi Antonio Guterreshning davom etayotgan inqiroz sharoitida oziq-ovqat xavfsizligining dolzarb masalalari boʻyicha sammit oʻtkazish taklifini qoʻllab-quvvatlash.
Oʻzbekistonda KOVID-19 pandemiyasi vaqtida olib borilgan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan choralar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi "Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi. Importga xarid qilinadigan va intervensiya amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining roʻyxati va zarur hajmlarini aniqlandi. Bozorlardagi narxlarning kundalik monitoringi kuchaytirilib, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlariga sunʼiy ravishda narxlarning oshirilishini oldini olish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda aksiz soligʻi va bojxona toʻlovining nol stavkalari 2020 yil 31 dekabrgacha respublika hududiga olib kirilganda belgilanadigan tovarlar roʻyxati tasdiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi "Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi. Unda koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yoʻnalishlari tasdiqlandi.
Tumanlarni meva - sabzavotchilikka ixtisoslashtirish, meva-sabzavot klasterlari va kooperativlarida ishlab chiqaruvchilarni birlashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 maydagi "Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan respublikaning ayrim hududlarining sabzavotchilik, kartoshkachilik, qovunchilik, dukkakli yekinlar va dorivor oʻsimliklar hamda 2020-2022 yillardagi issiqxonalarda ixtisoslashuv koʻrsatkichlarini ishlab chiqish topshirildi.
Shuningdek, 2021 yilning 1 yanvaridan 2023 yilning 1 yanvarigacha boʻlgan davr uchun urugʻlik, koʻchat va ildizmevalilar, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy oʻsimliklarni himoya qilish mahsulotlari, zamonaviy energiya tejovchi issiqxonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib sugʻorish tizimlari hamda chetdan keltiriladigan butlovchi qismlar bojxona toʻlovlaridan ozod etildi.
Mamlakatlarning oʻz fuqarolari va xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini taʼminlashga qaratilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqish.
Joriy yilning 19 mart kuni Oʻzbekiston koronavirus infeksiyasi va boshqa global xavflarning tarqalishiga qarshi turish davrida makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlar paketini qabul qildi. Inqirozga qarshi Jamgʻarma tashkil etildi.
30 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yolgʻiz keksalar, nogiron va kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni mustahkamlash, bozorni oziq-ovqat va dori-darmon bilan toʻldirish, ular uchun narxlarning koʻtarilishiga yoʻl qoʻymaslik, tadbirkorlik subʼyektlarining aylanma mablagʻlarini kamaytirishni oldini olish va ularga qoʻshimcha imtiyozlar berish boʻyicha aniq vazifalarni oʻz ichiga olgan yangi chora-tadbirlar paketini qabul qildi.
Karantin davrida Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi va jamoat ishlari jamgʻarmasi tomonidan 141 ming 800 nafar ishsiz fuqaro ish bilan taʼminlandi va ularga 43 milliard 225 million soʻm miqdorida ish haqi toʻlab berildi. Shu bilan birga, homiylik faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markazlar tomonidan 219 ming oilaga oziq-ovqat va sanitariya-gigiyena mahsulotlari tarqatildi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15 apreldagi qaroriga asosan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi joriy qilinib, unda oilalarning ehtiyoji va talabgorlarning belgilangan mezonlarga mosligi darajasini real vaqt rejimida oshkora baholash amalga oshirilmoqda.
20 aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti Sh.M. Mirziyoyev kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga ixtiyoriy asosda manzilli xayriya va homiylik yordami koʻrsatish boʻyicha "Saxovat va koʻmak" umummilliy harakatini yaratish tashabbusini ilgari surdi. "Saxovat va koʻmak jamgʻarmasi" 22 apreldagi Hukumat qarori bilan tashkil etildi.
2020 yilning 27 aprelida "Koronavirus pandemiyasi vaqtida aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
29 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining "2020-2021 yillarda iqtisodiy oʻsishni tiklash va iqtisodiyot tarmoqlarida tizimli tarkibiy islohotlarni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi qarori qabul qilindi.
2020 yil 18 maydagi Prezident Farmoniga asosan belgilangan soliq imtiyozlari 31 dekabrgacha uzaytirildi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarini jahon iqtisodiy, transport va tranzit koridorlariga chuqur integratsiyalashuvi maqsadida BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarni rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish.
Shu maqsadda Oʻzbekiston transport sanoatini rivojlantirishga strategik ahamiyat berib, milliy va mintaqaviy darajalarda transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, shuningdek, uni xalqaro transport tizimiga qoʻshish boʻyicha ishlar izchil olib borilmoqda.
SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining majlisida (Sindao, Xitoy, 2018 yil 10 iyun) SHHTning Xalqaro transport-logistika assotsiatsiyasini tashkil etish imkoniyatlarini koʻrib chiqish taklif qilindi. Bundan tashqari, SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining Sindao deklaratsiyasida (2018 yil 10 iyun) SHHTga aʼzo davlatlarning temir yoʻl tizimi rahbarlarining birinchi yigʻilishining Oʻzbekistonda oʻtkazilishi qoʻllab-quvvatlandi.
SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining Bishkek shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishida (2019 yil iyun), Oʻzbekiston Prezidenti oʻzaro bogʻliqlik, samarali iqtisodiy va transport yoʻlaklarini rivojlantirish maqsadida SHHT hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishni taklif qildi.
SHHTga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining 2019 yil noyabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan yigʻilishida SHHTga aʼzo davlatlar temir yoʻl tizimlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatish tashabbusi ishlab chiqilib Prezident Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan.
Shuningdek, mamlakatning transport-logistika salohiyatini oshirish maqsadida ushbu sohaning institutsional bazasi va meʼyoriy-huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda.
Avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transporti, metro va yoʻl inshootlarini rivojlantirish boʻyicha yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha hukumat organi sifatida Transport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida 2019 yil 1 fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.
"2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuklarni tashish boʻyicha tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilishning kompleks dasturi" qabul qilindi.
Shuningdek, "Oʻzbekiston Respublikasining transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi" ishlab chiqilmoqda.
Oʻzbekiston YUNESKO bilan hamkorlikda 2021 yilda Xiva shahrida "Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro forumini oʻtkazadi.
Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyasi, madaniyati va ilm-fani rivojiga qoʻshgan ulkan hissasini ommalashtirishda Oʻzbekiston alohida oʻrin tutadi:
Oʻzbekistonda YUNESKO homiyligida Samarqand shahrida tinchlik, bagʻrikenglik va estremizmning oldini olish madaniyatini shakllantirish boʻyicha Mirzo Ulugʻbek nomidagi xalqaro institutni tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
YUNESKO bilan hamkorlikda Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Al-Fargʻoniy, Imom Buxoriy, Kamoliddin Behzod kabi olimlarning, qadimiy Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, Samarqand, Margʻilon va Toshkent shaharlari, "Alpomish", "Avesto" etnik yodgorliklari va adabiyotlari, shuningdek Xorazm Maʼmun akademiyasining yubiley sanalari munosib tarzda nishonlandi.
Buxoro shahri "Tinchlik uchun shaharlar" tashkilotining mukofotiga sazovor boʻldi.
Usmon mushafi va Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar toʻplami YUNESKOning Jahon xotirasi reyestriga kiritilgan.
Xivadagi "Ichan-Qala" majmuasi, "Samarqand - madaniyatlar chorrahasi", Buxoro va Shahrisabz tarixiy markazlari, shuningdek, Chotqol biosferasi YUNESKOning Jahon roʻyxatiga kiritilgan.
Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga Shashmakom, Boysun madaniy maydoni, Katta ashula, Askiya, Palov, Navroʻz, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari kiritildi.
YUNESKO shafeligi ostida har ikki yilda bir marta Samarqandda "Sharq taronalari" xalqaro festivali, Shahrisabzda esa maqom sanʼatining xalqaro forumi oʻtkazilib kelinmoqda.
2019 yil avgust oyida Samarqandda YUNESKO Bosh direktori ishtirokida Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash bOʻyicha Xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
2018 yil oktabr oyida Shavkat Mirziyoyev va Odri Azule xonim bilan Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan 2021 yilgacha hamkorlik dasturini imzoladilar.
Afgʻonistonning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga koʻmaklashishga maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotida doimiy qoʻmita tuzish.
2017 yil dekabr oyida Afgʻoniston Prezidentining Toshkentga soʻnggi oʻn yillikdagi birinchi rasmiy tashrifi boʻlib oʻtdi. Tashrif davomida 20 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolandi.
2017 yil dekabr oyida Afgʻoniston aviakompaniyasi Qobul-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshladi.
2018 yil yanvar oyida Afgʻonistonga Oʻzbekiston Prezidenti nomidan 25 ta avtobus va qishloq xoʻjaligi texnikasi sovgʻa qilindi.
2018 yil iyun oyida Afgʻonistonda qurgʻoqchilik tufayli hosil kam boʻlganligi sababli, ushbu mamlakatga 3 ming tonna oziq-ovqat va bugʻdoy insonparvarlik yordami sifatida yuborildi.
2018 yil mart oyida Toshkentda "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy oʻzaro aloqalar" xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Ushbu konferensiya Afgʻoniston ichidagi tinchlik jarayonining sezilarli rivojlanishiga hissa qoʻshdi.
2019 yilda "Savdo, transport va energetika boʻyicha qoʻshma komissiya" tashkil etildi.
2019 yil may oyida Termizda Oʻzbek-Afgʻon biznes forumi boʻlib oʻtdi, uning doirasida "Termiz Cargo" xalqaro logistika markazida "Oʻzbekiston-Afgʻoniston" chegara savdo zonasi ochildi.
Oʻzbekiston Prezidenti nomidan shu yil aprel oyi boshida Afgʻonistonga 600 tonna miqdorida gumanitar yordam yuklangan poyezd joʻnatildi.
Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida BMT Bosh assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish va ushbu muhim hujjat qabul qilingan kunni – “Xalqaro ekologik tizimlarni muhofaza qilish va tiklash kuni” deb eʼlon qilish.
1993 yil 26 martda Orol dengizi va Orol dengizi mintaqasini muammosini hal qilish, ekologik jihatdan sogʻlomlashtirish va Orol mintaqasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash boʻyicha hamkorlikdagi harakatlar toʻgʻrisida Bitim qabul qilindi va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi (OQXJ) toʻgʻrisidagi nizom imzolandi.
Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston oʻzining davlat dasturlarini boshlab yubordi:
▪ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 avgustdagi qarori bilan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orol dengizi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha shu jumladan, 2015-2018 yillarga moʻljallangan umumiy qiymati 1920,8 million AQSH dollarini tashkil etuvchi 235 ta loyihani oʻz ichiga olgan chora-tadbirlarning kompleks dasturi qabul qilindi
Oʻzbekiston Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi qarori bilan Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga moʻljallangan Davlat dasturini tasdiqlandi. Unda turli xil moliyalashtirish manbalaridan, byudjet mablagʻlari, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom banki va boshqalar) maqsadli va grant mablagʻlari, kreditlarni jalb qilish va oʻzlashtirish hisobiga 67 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan.
2018 yil 16 oktabrda Prezident "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orol dengizi xalqaro innovatsion markazini shakllantirish toʻgʻrisida" gi farmonni imzoladi.
2018 yil noyabr oyida Nyu-Yorkdagi BMT shtab-kvartirasida "Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlashning yaxlit strategiyalariga yoʻnaltirilgan mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish" mavzusida BMTning maxsus assambleyasi boʻlib oʻtdi. Unda BMTning Orol dengizi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha jamgʻarmasi tashkil etildi.
2018 yil dekabr oyidan boshlab quruq dengiz muhitini koʻkalamzorlashtirish va tiklash dasturi amalga oshirilmoqda. 2019 yilda 461 ming gektar oʻrmon plantatsiyalari yaratildi, 2019 yil dekabrdan 2020 yil martgacha (yaʼni deyarli 4 oy ichida) 700 ming gektar qoʻshimcha maydonda ham daraxtlar ekildi.
Orol dengizining qurigan tubining turli joylarida oʻnlab artezian quduqlari qazildi. Yuzga yaqin quduqlar qazilishi rejalashtirilgan.
2020 yil mart oyida. BMTTDning Oʻzbekistondagi akselerator laboratoriyasi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Orol dengizining tubini koʻkalamzorlashtirish uchun kraudfanding kampaniyasini boshladi. GreenAralSea.org sayti orqali har kim bir dollar yoki 10 ming soʻm bilan oʻz hissasini qoʻshishi mumkin. Bu pullar saksovul koʻchatini ekishga imkon beradi.
Dunyo boʻylab qashshoqlikka qarshi kurash mavzusini BMT Bosh assambleyasining boʻlajak sessiyasida asosiy mavzulardan biriga aylantirish, shuningdek ushbu muammoga bagʻishlangan Global sammit oʻtkazish.
“2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq, kam taʼminlangan oilalar sonini yanada qisqartirishni nazarda tutadigan ijtimoiy sohani rivojlantirish ham ustuvor yoʻnalishlar qatoriga kiritilgan.
Hukumatning 2018 yil 20 oktyabrdagi "2030 yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi qarori bilan BMTning 2030 yilgacha boʻlgan global kun tartibidagi Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) izchil amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish. 17 ta BRMdan birinchisi qashshoqlikni har qanday shakllarini tugatishga qaratilgan
Odamlarning farovonligini oshirish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish vazifasi Prezidentning 2020 yil 24 yanvarda mamlakat parlamentiga Murojaatnomasida eng muhimlaridan biri sifatida qayd etilgan. Shu bilan birga, Prezident Oʻzbekistondagi aholining kam daromadli qatlamlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni keltirdi, ular turli xil hisob-kitoblarga koʻra 12-15 foizni yoki taxminan 4-5 million kishini tashkil qiladi.
Joriy yilning 27 fevralida Prezident raisligida oʻtkazilgan videokonferensiya Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali qashshoqlikni kamaytirish mavzusiga bagʻishlandi. Uchrashuvda taʼkidlanishicha, soʻnggi ikki yil ichida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida byudjet mablagʻlari hisobidan qariyb 10 trillion soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.
Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi Farmoni bilan yaratilgan asosiy vazifalar qatoriga Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi ham xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash, shuningdek yolgʻiz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish masalalarini kiritdi.
hukumat tarkibida Bosh vazirning moliyaviy-iqtisodiy masalalar va kambgʻallikni qisqartirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etildi, shu bilan birga Prezidentning 2020 yil 26 martdagi Farmoni bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi.
Hozirda BMT, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qashshoqlikni kamaytirishning oʻrta va uzoq muddatli strategiyalari ishlab chiqilmoqda.
Bundan tashqari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartish vazirligi tomonidan "Oʻzbekiston Respublikasida qashshoqlikni kamaytirish konsepsiyasi" ustida ish olib borilmoqda, va u ham BMT Barqaror rivojlanish maqsadlaridagi vazifalarni toʻlaqonli bajarishni nazarda tutadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Oʻzbekistonda paxta, bugʻdoy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha hosildorligi uning haqiqiy quvvatidan ancha past

