| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Jamiyat3 daqiqada oʻqiladi2 279 marta oʻqildi

"Open space" formatidagi Birinchi Hukumat Akseleratori

Joriy yilning 19 noyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM)da yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasining "Open space" formatidagi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

"Open space" formatidagi Birinchi Hukumat Akseleratori

Joriy yilning 19 noyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM)da yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasining "Open space" formatidagi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari D. Sultonov, ITIM direktori O. Xakimov, Moliya vazirligi soliq va bojxona siyosati va daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari E. Gadoyev, Davlat soliq qoʻmitasi boʻlim boshligʻi J. Abdiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi professori Sh. Toshmatov, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi vakillari va boshqalar qatnashdilar.

Shuningdek, tadbirda 20 dan ortiq yetakchi korxona, tadbirkorlik subʼyektlari vakillari, bosh buxgalterlar, auditorlar, soliq maslahatchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

ITIM direktori O. Xakimov davra suhbati ishtirokchilarga, Birinchi Hukumat Akseleratori "Open space" maydonchasida sohalarda yuzaga kelgan masalalarni yechish zarurati tugʻilganda mutaxassislar, ekspertlar, davlat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda bir maqsadda birlashtirishga moʻljallanganligini taʼkidladi.

Taʼkidlash joizki, yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasi toʻgʻridan-toʻgʻri kuchga kiruvchi hujjat boʻlishi koʻzda tutilgan. Shu maqsadda yangi loyiha soliqqa tortish masalalarini, shu jumladan soliq stavkalarini tartibga soluvchi qonun osti hujjatlarining qoidalarini oʻz ichiga oladi. Hujjat xorijiy mamlakatlar tajribasidan unumli foydalangan holda amaliyotdan oʻtgan tamoyillarini va soliq yigʻish usullarini oʻz ichiga oladi.

Shu bilan birga, yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasining umumiy qismi (soliq maʼmurchiligi masalalari) va maxsus qismi (soliqlarni hisoblash va toʻlashning asosiy qoidalari) ga boʻlinishni nazarda tutuvchi amaldagi tuzilmasi saqlanib qolgan.

Yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasida soliqlarni hisoblash va toʻlash mehanizmini takomillashtirish, shuningdek, soliq solishning barcha elementlarini spetsifikatsiya qilish va tartibga solishni koʻzda tutadi.

Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari D. Sultonov tadbirkorlar tomonidan soliq organlariga nisbatan asosiy daʼvosi korrupsiya va malakasiz xodimlar tomonidan ortiqcha tekshirishlar boʻlganini taʼkidlab oʻtdi.

Unga koʻra, barcha tekshiruvlar Davlat soliq qoʻmitasi orqali soliq toʻlashdan boʻyin tovlash sxemalarini aniqlash va oldini olish mexanizmlari asosida oʻtadi. Shu bilan birga, yirik soliq toʻlovchilar, soliq qonunchiligini amalga oshirish darajasidan qatʼiy nazar, vaqti-vaqti bilan tekshiriladilar.

Shuningdek, mutaxassislar qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha ham toʻxtalib oʻtishdi:

– Kameral tekshiruvdan keyin QQS boʻyicha «manfiy» saldoni qaytarish huquqi beriladi. Soddalashtirilgan tartibda «manfiy» saldo yirik soliq toʻlovchilar va bank kafolatini taqdim etgan xoʻjaliklarga qaytariladi. Asosiy vositalarni, shu jumladan koʻchmas mulkni sotib olish (qurish) uchun bir martalik QQS joriy etiladi. Shuningdek, QQSni xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar tomonidan amalga oshirishning amaldagi tartibi oʻrniga imtiyozga ega boʻlgan elchixonalar va xalqaro tashkilotlarga soddalashtirilgan sxema boʻyicha qaytarish taklif etiladi. Norezidentlar tomonidan koʻrsatiladigan elektron xizmatlar soliqqa tortiladi. Xususan, davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha QQS joriy etiladi va xususiy sektorda raqobatni yuzaga keltirishga zamin yaratadi. Bundan tashqari, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash muddatlari qayta koʻrib chiqiladi. Shuningdek, katta boʻlmagan xoʻjalik subʼyektlari uchun (aylanma mablagʻi har chorakda 1 mlrd. soʻmdan kam boʻlmagan xoʻjalik subʼyektlariga) hisob-kitobni taqdim etish muddati har chorakda belgilanadi.

Mutaxassislar yangi tahrirdagi soliq kodeksi loyihasini ikki yil davomida monitoring qilish shaklida tajribadan oʻtkazishni taklif qilishdi. Monitoring davomida, mutaxassislar fikr bildirishlari va tegishli oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin boʻladi.

Muhokamalar natijasida ishbilarmonlar va ekspertlar tomonidan "Ekspertlar Kengashi" tuzish taklif etildi, ular tomonidan soliq kodeksini takomillashtirish masalalari muntazam muhokama qilinadi.

ITIM tomonidan soliq kodeksining makroiqtisodiy barqarorlik, ishbilarmonlik muhiti, aholi farovonligi, tadbirkorlikning rivojlanishiga taʼsiri boʻyicha tadqiqotlar olib borish va keyingi oʻzgarishlarni oʻrganish taklif etildi.

Tadbir davomida soliq qonunchiligidagi yangiliklarning keng muhokamasi ham boʻlib oʻtdi, amaliy misollar yordamida atroflicha javoblar berildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ