Oʻzbekistonda koronavirusdan yana bir oʻlim holati qayd etildi
Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan sirdaryolik bemor I. yurak qon-tomir va oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Xalqaro masofaga qatnashga moʻljallangan yuk avtomashina haydovchisi I. Rossiyadan Tojikiston orqali Surxondaryoga kirib kelgan. Asli sirdaryolik boʻlgan ushbu fuqaroda ikki tomonlama pnevmoniya ogʻir kechib, 5 may kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemorda “Covid-19” infeksiyasi ham aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Shu yilning 11 may kuni esa ahvoli yomonlashgach “Covid-19” infeksiyasining ogʻir kechishi, ikki tomonlama oʻtkir bronxopnevmoniya ogʻir turi tashxisi bilan reanimatsiya boʻlimiga olingan. Boʻlimda bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam koʻrsatilgan.
Bundan tashqari, vazirlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham oʻtkazilib, doimiy nazorat taʼminlangan. Biroq koʻrsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan bemor yurak qon-tomir va oʻtkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

