| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi912 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda koronavirusdan xoli hududlar maʼlum boʻldi

4 may kuni AOKA shtabida boʻlib oʻtgan brifingda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov qaysi viloyatlarda bemorlar koronavirusdan butunlay tuzalgani haqida maʼlum qildi.

Oʻzbekistonda koronavirusdan xoli hududlar maʼlum boʻldi

4 may kuni AOKA shtabida boʻlib oʻtgan brifingda Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov karantin talablari qaysi hududlarda yumshatila boshlanishi yuzasidan maʼlumot berdi.

"Joriy yilning 29 aprelida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga oʻzgarib borishi bilan, 10 maydan keyin karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish lozimligi taʼkidlandi va karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qildi.

Ushbu Qarorning 1-bandida respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sogʻayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilinsin, deyilgan.

Bugungi kunda respublikamizda kasallik umuman qayd etilmagan qishloqlar, tumanlar ancha koʻp, hatto Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida aniqlangan bemorlarning barchasi sogʻaygan", dedi Nurmat Atabekov.

Yana bir xushxabar, Navoiy viloyatida ham koronavirusga chalingan barcha bemorlar sogʻaydi. Sogʻaygan bemor ayol 45 yoshda, Toshkent shahridan.

Ayni paytda mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan sogʻayganlar 1328 nafarga yetdi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ