Oʻzbekistonda “COVID19 risk indeksi” ishlab chiqildi
Indeksning maqsadi – yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli xavf omillarini hisobga olgan holda, mahallalarni xatarli guruhlar boʻyicha tasniflashdan iborat.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda hamda Jahon banki tomonidan “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglash” loyihasining yangilangan natijalari asosida “COVID-19 pandemiyasining jamiyatga taʼsirini dinamik aniqlash” mavzusida texnik xisobot tayyorlandi. Shuningdek, oʻtgan davrda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekistonda aholi farovonligini oshirish va iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish boʻyicha bir qator tavsiyalar tayyorlandi.
Mazkur loyiha doirasida "COVID19 risk indeksi” ham ishlab chiqildi.
Tadqiqotning maqsadi – pandemiya taʼsirining xavf omillarini mahallalar darajasida aniqlashdan iborat. Tadqiqot doirasida Oʻzbekistonda mahallalar darajasida COVID-19 pandemiyasining xavf-xatarlari va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bilan bogʻliq asosiy koʻrsatkichlar bazasi shakllantirildi.
Mahallalar darajasida pandemiya uchun xavf omillarini oʻrganishning ahamiyati shundaki, keltirilgan tahlillar resurslarni taqsimlash boʻyicha qarorlarni yanada samaraliroq qabul qilishga imkon beradi va mahalliy hokimiyat organlari uchun ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga qarshi choralar dasturlarini samarali amalga oshirish uchun tahliliy maʼlumotlar taqdim etadi.
“COVID19 risk indeksi” ishlab chiqildi
Indeksning maqsadi – yuzaga kelishi mumkin boʻlgan turli xavf omillarini hisobga olgan holda, mahallalarni xatarli guruhlar boʻyicha tasniflashdan iborat. Buning yordamida hududlar uchun maqsadli siyosat ishlab chiqish va islohotlar samaradorligini oshirish mumkin.
Indeksni hisoblashda respublikadagi 9102 ta mahallaning pasport maʼlumotlari, Jahon banki va Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalaridan foydalanilgan. “COVID19 risk indeksi” oltita yoʻnalishdan iborat:
Keksalar va nogironlar;
Iqtisodiy omillar;
Ijtimoiy koʻmak;
Xizmatlar va mahalliy infratuzilma;
Migratsiya;
Monetar kambagʻallik xususiyatlari
Har bir yoʻnalish bir necha risk omillariga asoslangan. Indeks ballari 0 dan 1 gacha boʻlib, 1 ga yaqinlashgan sayin hudud uchun xavf darajasi yuqoriroq boʻlib boradi.
Indeks natijalari
Natijalar shuni koʻrsatadiki, Sirdaryo viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Namangan viloyatidagi aksariyat mahallalar bir necha bor takrorlanadigan omillariga duch kelishmoqda. Ushbu mintaqalarda aholi jon boshiga taxminiy isteʼmol darajasi past boʻlgan (pandemiyagacha boʻlgan davrgacha), nisbatan barqaror bandlik, ishsizlik darajasi yuqori (pandemiyagacha boʻlgan davrgacha) va pul oʻtkazmalariga qaramlik darajasi yuqori boʻlgan mahallalar soni nisbatan yuqori.
Toshkent viloyatida (asosan qishloq hududlarida), mahallalarning nisbatan kam qismi "oʻta muhtoj" toifasiga kirgan (1-diagramma).
1-diagramma. Eng koʻp kesishadigan omillar (qizil rangda) va eng past koʻrsatkichlar (koʻk rangda)

Keksalar va nogironlar
Qoraqalpogʻiston, Toshkent va Andijon viloyatlari yosh va nogironlik koʻrsatkichlari jihatidan xavf yuqori boʻlgan hududlardir. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Namangan va Andijon viloyatlarida keksalar uchun xatarlar eng katta hududlar hisoblanadi, Toshkent va Andijon shaharlari esa nogironlar uchun eng yuqori xatarli hudud hisoblanadi.
Iqtisodiy omillar
Buxoro, Fargʻona va Sirdaryo viloyatlari iqtisodiy xavf darajasi yuqori boʻlgan hududlar sifatida tan olingan. Xususan, Fargʻona viloyati mahallalari ishsizlar soni boʻyicha, Navoiy, Samarqand, Buxoro va Andijon viloyatlari oilaviy biznes va chakana savdo bilan shugʻullanadigan aholi ulushi boʻyicha, Sirdaryo viloyati esa tadbirkorlik va chakana savdo korxonalari ulushi boʻyicha eng yuqori xatar guruhiga kirgan.
Ijtimoiy koʻmak va toʻlovlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridagi mahallalarda ijtimoiy yordam oluvchi aholining ulushi mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan yuqori. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahallalarda boquvchisini yoʻqotgan oilalarning ulushi boʻyicha yetakchi boʻlsa, Toshkent shahrida esa bunday mahallalar soni eng past koʻrsatkichga ega.
Xizmatlar va mahalliy infratuzilma
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy va Namangan viloyatlarida xizmat koʻrsatish infratuzilmasining qamrov darajasi pastligi kuzatildi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazmda kasalxonalar joylashgan mahallalar soni va Namanganda poliklinikalar soni boʻyicha past koʻrsatkichlar kuzatildi. Navoiy viloyatida har bir oilaga toʻgʻri keladigan xonadonlar soni boʻyicha respublika darajasida eng past koʻrsatkich ekanligi aniqlandi.
Migratsiya
Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida mehnat muxojirlari pul oʻtkazmalarining ahamiyati boshqa hududlarga qaraganda yuqori.
Mehnat migratsiyasi xavfi darajasi ishlash maqsadida xorijga chiqib ketgan fuqarolarning umumiy aholi soniga nisbati bilan belgilanadi. Shuningdek, xorijga ketgan fuqarolar orasida ayollarning soni ham hisobga olinadi.
Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida mehnat migratsiyasi boʻyicha koʻrsatkichlar respublika boʻyicha nisbatan past darajada ekanligi qayd etildi.
Monetar kambagʻallik xususiyatlari
Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida kambagʻallik oʻrtacha koʻrsatkichi 10 %dan yuqori boʻlgan tumanlar soni nisbatan koʻproq. Qoraqalpogʻiston Respublikasida ushbu mezon boʻyicha xavf ostida boʻlgan mahallalar soni eng koʻp.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Oʻzbekistonda davlat organlari va hududlar uchun korrupsiya hamda yashirin iqtisodiyot reytingi ishga tushiriladi

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Oʻzbekistonda paxta, bugʻdoy, pomidor, kartoshka, sut va boshqa mahsulotlarning oʻrtacha hosildorligi uning haqiqiy quvvatidan ancha past

