| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi50 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi yana koʻtarildi

Oʻzbekistonda internet tezligi 8 foizga, mobil internet tezligi 16 foizga koʻtarilgan.

Oʻzbekistonda COVID-19 pandemiya vaqtida Internet tezligi yana koʻtarildi

2020 yil iyunning ikkinchi yarimi holatiga koʻra, “Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi “COVID-19” Internet global surʼatiga taʼsiri”ni eʼlon qildi. Natijalardan koʻrinib turibdiki, Oʻzbekistonda Internet tezligi 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) koʻtarilgan.

Jahon miqyosida “COVID-19” pandemiyasi sharoitida iyun holatiga internet tezligi (Fixed Speed Change) 2 foizga, global mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa dunyo boʻylab 8 foizga koʻtarilgan.

Oʻzbekistonda internet tezligi esa, 8 foizga (Fixed Speed Change), mobil internet tezligi Mobile Speed Change) esa 16 foizga koʻtarilgan.

Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekistonda oxirgi bir yilda internet tezligi boʻyicha ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirildi. Tahlillarga koʻra internet tezligi qariyb 2,3 barovarga oʻsgan. 2019 yil mart holatiga koʻra 11,62 Mbit/s. boʻlgan boʻlsa, 2020 yil 1 iyun holatiga koʻra 26,77 Mbit/s. ni tashkil etdi. 2020 yil 15 iyun holatiga koʻra esa Oʻzbekistonda internet tezligi 27,59 Mbit/s. gacha koʻtarildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ