| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Texnologiyalar1 daqiqada oʻqiladi74 marta oʻqildi

Oʻzbekiston Rossiyadan yangi elektrovozlar sotib oldi

Elektrovozlar quvvati 9840 kVt/soatni tashkil etadi. Harakatdagi minimal tezlik - 49,9 km/soat, eng yuqori tezlik - 110 km/soat.

Oʻzbekiston Rossiyadan yangi elektrovozlar sotib oldi

17 iyul kuni "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat konserni Rossiyadan yangi elektrovozlarni olib keldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

"Toshkent-Markaziy" vokzalida "Yermak" tipidagi ikkita yangi uch seksiyali elektrovoz, MULTI TASKER KRC 1200UZ rusumli koʻp funksiyaga ega kranli mexanizm hamda TEM2-6606 rusumli lokomotiv namoyish etildi.

Elektrovozlar quvvati 9840 kVt/soatni tashkil etadi. Harakatdagi minimal tezlik - 49,9 km/soat, eng yuqori tezlik - 110 km/soat.

Taqdimot marosimida, shuningdek, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ lokomotiv parkidagi yangilangan (modernizatsiya qilingan) ikkita lokomotiv ham taqdim etildi.

"Ular depodagi birinchi kapital taʼmirdan chiqqan poyezdlar sanaladi", deydi elektrovoz haydovchisi Vostreykin Vladimir.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ