| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
COVID-191 daqiqada oʻqiladi174 marta oʻqildi

Nurmat Otabekov: Aholi orasida koronavirus aniqlangani sababli karantin choralari yanada murakkablashib ketishi mumkin

Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat bir muncha murakkab boʻlib turibdi. Kuni kecha qayd etilgan 49 bemorning 36 nafari aholi orasidan aniqlangan.

Nurmat Otabekov: Aholi orasida koronavirus aniqlangani sababli karantin choralari yanada murakkablashib ketishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqida quyidagilarni maʼlum qildi.

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3180 nafarga yetdi. Ulardan 2565 nafari, yaʼni 81 foizi toʻliq sogʻaygan. Sogʻliqni saqlash vazirligi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, hozirda mamlakat shifoxonalarida 602 bemor davolanmoqda, 3 nafarining ahvoli ogʻir.

Karantin tadbirlari davom etyapti. 44 mingdan koʻproq fuqaro karantin muddatlarini oʻtayapti. Ularning 18 mingdan ziyodi statsionar sharoitdagi karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat bir muncha murakkab boʻlib turibdi. Kuni kecha qayd etilgan 49 bemorning 36 nafari aholi orasidan aniqlangan. Aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, ushbu fuqarolar oramizda yurgan hamyurtlarimiz boʻlgan. Bundan koʻrinib turibdiki, atrofimizda koronavirus infeksiyalari mavjud boʻlishi hech gap emas. Koʻchaga chiqishdan oldin jiddiy oʻylab koʻring, karantin tadbirlariga rioya qiling. Aks holda kasallikni yuqtirib olishingiz va oila aʼzolaringizga xavf tugʻdirishingiz mumkin. Har biringiz masʼuliyatni toʻliq his eting. Mabodo, vaziyat bu ketishda davom etadigan boʻlsa, karantin tadbirlari yanada murakkablashib ketishi tayin. Buni zinhor unutmang!

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ