| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Texnologiyalar2 daqiqada oʻqiladi1 546 marta oʻqildi

Oʻzbekistonda suvga munosabatning yangi davri: tejamkorlik, innovatsion texnologiyalar va muhim vazifalar tahlili

2019 yil 12 dekabr kuni Xalqaro press-klub sessiyasida “Oʻzbekistonda suvga munosabatning yangi davri: tejamkorlik, innovatsion texnologiyalar va muhim vazifalar tahlili” mavzuida muloqot boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekistonda suvga munosabatning yangi davri: tejamkorlik, innovatsion texnologiyalar va muhim vazifalar tahlili

2019 yil 12 dekabr kuni Xalqaro press-klub sessiyasida “Oʻzbekistonda suvga munosabatning yangi davri: tejamkorlik, innovatsion texnologiyalar va muhim vazifalar tahlili” mavzuida muloqot boʻlib oʻtadi. Unda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga masʼul vazirlik, qoʻmita va agentliklar, tijorat banklari rahbarlari, viloyat hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, agroklasterlar va fermer xoʻjaliklari rahbarlari, suv tejovchi texnologiyalarni loyihalovchi, quruvchi pudrat tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etadi.

2019 yilda mamlakatimizda 33,8 ming gektarda tomchilatib sugʻorish, 1,1 ming gektarda yomgʻirlatib sugʻorish, 2,2 ming gektarda pulsar sugʻorish, jami 36,6 ming gektarda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari joriy qilindi. Birgina paxtachilik sohasida 12 ming gektar maydonda 193 mlrd. soʻmlik tomchilatib sugʻorish texnologiyasi qoʻllanildi. Bunda davlatimiz rahbarining oʻtgan yil 27 dekabrda qabul qilingan “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish tizimini keng joriy qilish uchun qulay sharoit yaratish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori muhim ahamiyatga ega boʻldi. Qarorga asosan, mamlakatimiz tarixida ilk bor qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etganlarga davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish mexanizmi yoʻlga qoʻyildi.

Bu yilgi mavsumda paxta maydonlariga tomchilatib sugʻorish texnologiyasini oʻrnatgan agroklaster va fermer xoʻjaliklariga gektariga 8 mln. soʻmdan jami 84,6 mlrd. soʻm subsidiya hamda tijorat banklaridan olingan 88,3 mlrd. soʻmlik kreditlar foiz stavkasining 10 foizini qoplash uchun 3,6 mlrd. soʻm taqdim etildi.

Hisob-kitoblarga koʻra, joriy yilda paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini qoʻllash natijasida gektariga oʻrtacha:

  • suv sarfi 40- 50 % ga tejaldi;

  • yonilgʻi 60 % ga iqtisod qilindi;

  • mineral oʻgʻitlar samaradorligi 30 % ga ortdi;

  • mehnat resurslari, ish haqiga xarajatlar tejaldi;

  • gʻoʻzaning biologik pishish muddati 12-15 kunga tezlashdi;

  • hosildorlik 20-30 sentnerga ortdi.

Shu paytga qadar mamlakatimizda faqat paxtachilik, uzumchilik va bogʻdorchilik sohasida tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etganlarga davlat subsidiyalari boʻlib, gʻalla, sabzavot, poliz va ozuqabop ekin yetishtiruvchilariga bunday imtiyoz koʻzda tutilmagan edi. Barcha turdagi suv tejovchi texnologiyalardan foydalanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, bu borada soʻnggi bir yilda amalga oshirilgan ishlarni izchil davom ettirish maqsadida 2019 yil 25 oktyabr kuni Prezidentimizning “Qishloq xoʻjaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga binoan, suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan subsidiya miqdori qishloq xoʻjaligi ekin turi, sugʻorish texnologiyasi va yerning bonitet ballidan kelib chiqib hisoblanadi. Kelgusi yildan tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etganlik uchun gektariga 8 mln. soʻm, yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari uchun 4 mln. soʻm, diskretli (pulsar) sugʻorish uchun 1 mln. soʻm davlat subsidiyasi beriladi.

Yaratilgan imtiyozlardan foydalangan holda, 2020 yilda respublikamizda 38 ming gektarda tomchilatib sugʻorish, 1,8 ming gektarda yomgʻirlatib sugʻorish, 4 ming gektarda diskretli (pulsar) sugʻorish, jami 43,8 ming gektarda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish moʻljallanmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ