Navoiy viloyatining 4 ta hududi koronavirus oʻchogʻiga aylandi, Shofirkon qizil hududga kiritildi
Ayni paytda Navoiy viloyatida 119 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shofirkonda bitta oilaning 7 aʼzosida koronovirus aniqlangan, tumanga kirib-chiqish toʻxtatildi.

Soʻnggi kunlarda respublikamizning bir qancha hududlari qatori, Navoiy viloyatida ham aholi orasida kasallikka chalinayotganlar koʻpaymoqda.
Yuqori malakali shifokor-olimlar, epidemiolog, infeksionist, otorinolaringolog, reanimatolog, pulmonolog, xirurg hamda vrach-laborant kabi qator mutaxassislardan iborat maxsus guruh viloyatga yuborildi. Ular mahalliy mutaxassislarga yaqindan amaliy yordam koʻrsatmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ayni paytda viloyatda 119 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bugungi kun holatiga koʻra, ulardan 12 nafari sogʻaygan boʻlsa, qolgan 107 nafar bemorga shifokorlar tomonidan davolash muolajalari olib borilmoqda.
Tahlillarga koʻra, viloyatda kasallik, asosan, beshta oʻchoq orqali tarqalganini koʻrish mumkin. Jumladan, birinchi katta oʻchoq Zarafshon shahrida, ikkincha va uchinchi oʻchoqlar Xatirchi tumanida, toʻrtinchi oʻchoq Konimex tumanida hamda beshinchi oʻchoq Tomdi tumanida yuzaga kelgan.
Shundan kelib chiqqan holda, hududda karantin qoidalarini yanada kuchaytirish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, prokuratura xodimlari bilan birgalikda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, bemorlarni davolash hamda karantindagi fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olishni yanada samarali yoʻlga qoʻyish borasida izchil faoliyat olib borilmoqda.
Jumladan, epidemik vaziyatdan kelib chiqib, asosiy uchoq boʻlmish, Zarafshon shahri “qizil” hudud toifasiga kiritilgan. Bundan tashqari, joriy yil 26 may kunida kasalligi aniqlangan bemorlar (31 nafar) bilan muloqotda boʻlgan 300 nafarga yaqin fuqaro karantinga olingan: shundan 104 nafari uy karantini, 182 nafari esa statsionar karantinga joylashtirilgan. Viloyatning yana qator tuman va shaharlarida ham yuzlab fuqarolar uy va statsionar karantinga olinib, qatʼiy tibbiy kuzatuvga olingan.
Shuningdek, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tegishli maxsus komissiya qarori bilan joriy yil 8 maydan boshlab, bosqichma-bosqich Zarafshon shahridagi 11 ta mahallada kuchaytirilgan karantin qoidalari saqlab qolinib, transport vositalarining harakatlanishi cheklanishi belgilandi. Bundan tashqari, Xatirchi tumanidagi 6 ta mahallada ham karantin qoidalari kuchaytirilgan.
Shuningdek, Buxoro viloyatining Shofirkon tumani ham "qizil" hududga kiritildi va 28 maydan ushbu hududga kirib-chiqish toʻxtatildi.
27 may kuni Shofirkon tumanida bitta oilaga mansub 7 nafar fuqaroda koronovirus infeksiyasi aniqlangandi. Bemorlar bilan muloqotda boʻlganlardan dastlabki test namunalari olinmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

