| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Texnologiyalar2 daqiqada oʻqiladi1 394 marta oʻqildi

LBMA suv va mineral oʻgʻitlarni berishning moslashuvchan intellektual tizimini ishga tushirdi

Toshkent viloyatida «Skolkovo» (Rossiya) rezidenti «AIST» kompaniyasi vakillari tomonidan suv va mineral oʻgʻitlarni berishning moslashuvchan intellektual tizimi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Parkent tumanida ajratilgan yer uchastkasida namoyish etildi.

LBMA suv va mineral oʻgʻitlarni berishning moslashuvchan intellektual tizimini ishga tushirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda respublikaning irrigatsiya sohasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Xususan, 2019 yil 29 noyabr kuni Toshkent viloyatida «Skolkovo» (Rossiya) rezidenti «AIST» kompaniyasi vakillari tomonidan suv va mineral oʻgʻitlarni berishning moslashuvchan intellektual tizimi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan Parkent tumanida ajratilgan yer uchastkasida namoyish etildi. Agentlik tomonidan Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda tashkil etilgan ushbu namoyishda manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislari ishtirok etdi.

Namoyish paytida ishlab chiquvchilar intellektual sugʻorish tizimi bilan simsiz aloqaga asoslangan apparat-dasturiy kompleksdan iborat boʻlgan texnologiyani namoyish etdilar. Tizim ham daraxtlar, ham sabzavot ekinlarini sugʻoradi va ularga mineral oʻgʻitlarni yetkazib beradi, shuningdek, har bir oʻsimlikka suv va mineral oʻgʻitlarni kerakli miqdorda va oʻz vaqtida manzilli va aniq yetkazib beradi. Tizim mahalliy tuproq va iqlim sharoiti va oʻsimlik turini hisobga olgan holda maʼlum bir dalaga moslashadi, yetkazib beriladigan suv hajmi, tizimning ishlash vaqti, harorat va namlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratadi va ildiz joylashgan qatlamdagi namlikning oldindan belgilangan qiymatini saqlab turadi. Toʻliq avtonom rejimda ishlay olish qobiliyati Tizimga butun sugʻorish mavsumida ish holatini saqlab turishga imkon beradi.

Bundan tashqari, sugʻorishning raqamli xaritasi, hamda sugʻorish yoki oʻgʻitlash boʻyicha mustaqil qaror qabul qilish boʻyicha sunʼiy intellekt tizimi shakllantiriladi.

Moslashtirilgan intellektual tizim LPWan va Narsalar Interneti texnologiyasini amalga oshiradi va WI-FI, GSM aloqa kanallari orqali har qanday qurilmadan (planshet, smartfon, noutbuk), shuningdek, statsionar kompyuterlardan foydalangan holda boshqariladi va dispetcherlik tizimini tashkil qiladi. Tizim tarkibiga kiruvchi modullar va sensorlar avtonom elektr taʼminoti va oʻrnatilgan dasturiy taʼminotga ega boʻlib, markaziy blok tomonidan 3 kmgacha boʻlgan harakat radiusi miqyosidagi radioaloqa kanali orqali boshqariladi.

Oʻzbekistonda yetarli miqdordagi suv zaxiralarining yoʻqligi sababli qishloq xoʻjaligi har yili sugʻorish mavsumida suv tanqisligiga duch keladi. Tizimning namoyish etilishi ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslari yetishmasligi sharoitida sugʻorish paytida uning noyobligi, qoʻllanish imkoniyatlari, harakatchanligi, suvni tejashdagi samaradorligini namoyish etdi. Texnologiyaning asosiy afzalliklari sugʻorish uchun suv bilan taʼminlash hajmining kamayishi, tuproq namligini nazorat qilish mumkinligi uchun tuproq shoʻrlanishining pasayishi va koʻlmaklar paydo boʻlishining oldini olish, har qanday sugʻorish tizimlarida tez oʻrnatilishi, va eng muhimi, oʻsimlik va tuproq bilan doimiy aloqada boʻlib turishdir.

Tizimning keng qoʻllanilishi dalaning shoʻrlanishi, kislotalanishi va botqoqlanishiga yoʻl qoʻymagan holda sarf qilinadigan suv hajmini 80 foizgacha va elektr energiyasini 15-30 foizga tejash imkoniyatini beradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ