Namangan va Samarqandda yuqori xavfli hududga kiritildi
️Namangan va Samarqand «qizil» — yuqori xavfli hududga kiritildi. Ushbu viloyatlarda karantin qoidalari hozircha yumshatilmaydi.

Namangan va Samarqand «qizil» — yuqori xavfli hududga kiritildi. Bu haqda «Koronavirus info» kanalida xabar qilindi.
Ushbu viloyatlar epidemiologik jihatdan «qizil» hududga kirishi eʼtiborga olinib, hozircha karantin qoidalari yumshatilmaydi.
Qayd etilishicha, Namangan viloyatida 6 may kuniga qadar 230 nafar shaxs koronavirus infeksiyasiga chalingani aniqlangan va Namangan bu koʻrsatkich boʻyicha respublikada Toshkent shahri (668 nafar bemor), Buxoro viloyati (435) va Xorazm viloyatidan (232) keyingi toʻrtinchi oʻrinda turibdi.
Koronavirusdan oʻlim holati boʻyicha esa (4 ta) Namangan poytaxt Toshkentdan soʻng (5 ta) ikkinchi oʻrinda qayd etilgan.
Samarqand viloyatining Toyloq va Oqdaryo tumanlarida, Samarqand shahri, Samarqand, Urgut va Jomboy tumanlarining Toyloq tumani bilan chegaradosh hududlari hamda mazkur tumanlarda, shuningdek Bulungʻur tumanining ayrim joylarida karantin qoidalari saqlab qolingani avvalroq maʼlum qilingan edi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

