Kuchaytirilgan karantin choralari qaytarildi: avtotransport vositalarining harakati cheklandi
Respublika maxsus komissiyasi 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralarini koʻchaytirdi. Unga koʻra, toʻy hamda boshqa oilaviy marosimlarni oʻtkazish taqiqlandi hamda yana bir qancha cheklovlar joriy etildi.

2020 yil 10 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida quyidagi karantin cheklovlari joriy etildi:
avtotransport vositalarining harakati cheklandi;
davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;
davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yigʻilishlar oʻtkazish taqiqlandi, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferensaloqa rejimida oʻtkazish belgilandi;
hududlar oʻrtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
tomosha, madaniy-koʻngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlandi;
toʻy hamda boshqa oilaviy marosimlarni oʻtkazish taqiqlandi;
65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining koʻchalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq boʻlib harakatlanishi cheklandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

