| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Trendlar6 daqiqada oʻqiladi571 marta oʻqildi

Koronavirusga qarshi kurashda kim qanday muvaffaqiyatga erishmoqda?

2 aprel kuni Foreign Policy nashrida eʼlon qilingan The Countries That Are Succeeding at Flattening the Curve nomli maqolada koronavirusni yengishda Xitoydan tashqaridagi hududlarda – Tayvan, Janubiy Koreya, Kanada, Islandiya, Shvetsiya va Gruziya kabi mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasi haqida soʻz yuritiladi.

Koronavirusga qarshi kurashda kim qanday muvaffaqiyatga erishmoqda?

Bugungi kunda Amerika Qoʻshma Shtatlari koronavirus pandemiyasining epitsentriga aylanib qoldi. Ushbu mamlakatda COVID-19 virusiga chalingan aholi soni 300 mingdan oshdi va dunyo boʻylab eng yuqori koʻrsatkichga ega. Xususan, AQShda bu koʻrsatkich Ispaniya va Italiyaga nisbatan 2,5 barobar, Germaniya, Fransiya va Xitoyga nisbatan 3,5-4 barobarga koʻp. Ushbu virusdan vafot etganlar soni AQShda 10 mingga, butun dunyo boʻyicha 70 mingga yaqinlashdi. Joriy yil mart oyining oxirgi kunlarida eʼlon qilingan epidemiologiya modeliga koʻra, kelasi oylarda koronavirus millionlab odamlarni qamrab olishi, oʻlim holatlari 100 mingdan oshib 240 minggacha boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 75 mingdan oshiq odamda virus yuqtirganlik holati qayd etilgan Nyu-York shtatidagi shifoxonalar bemorlar bilan toʻlib-toshib ketgan, oʻpkani sunʼiy shamollatuvchi ventilyatorlar va eng zarur tibbiy anjomlar va shaxsiy himoya vositalari yetishmayapti. Noxush bashoratlarga koʻra, virus hali eng avj tarqalish pallasiga yetmadi va jahonning bir qancha mamlakatlarida vaziyat yanada yomonlashishi mumkin.

Koronavirus sabab bozorlar kasodga uchramoqda

2 aprel kuni Foreign Policy nashrida eʼlon qilingan The Countries That Are Succeeding at Flattening the Curve nomli maqolada koronavirusni yengishda Xitoydan tashqaridagi hududlarda – Tayvan, Janubiy Koreya, Kanada, Islandiya, Shvetsiya va Gruziya kabi mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasi haqida soʻz yuritiladi. Quyida ushbu davlatlar erishgan muvaffaqiyatlarning qisqacha tahlilini yuqorida keltirilgan maqola hamda jahon OAVlarida eʼlon qilingan xabarlar va intervyular bayoni asosida Uzanalytics.com sayti maʼlumot taqdim etmoqda.

Amerika loqaydlik qildi, Janubiy Koreya esa aql bilan ish koʻrdi

Pandemiya sharoitida AQSh prezidenti Donald Tramp va dunyoning boshqa mamlakatlari rahbarlari koronavirus dastlab paydo boʻlgan Xitoy bilan chegaralanib qolmasligi aniq boʻlgandan keyin ham uning oldini olish uchun kech va befoyda choralar koʻrgani uchun tanqidga uchradi. Tayvan, Singapur, va Janubiy Koreya singari mamlakatlar infeksiya geometrik progressiya yoʻli bilan tarqalishi oldini ola bilgani uchun nisbiy muvaffaqiyatga erishgan mamlakatlar sifatida eʼlon qilindi. Mamlakatlar bir oylik buhronga tayyorgarlik koʻrayotgan paytda, ushbu maqolada dunyodagi mamlakatlar shu paytgacha COVID-19 virusi tahdidiga qanday javob qaytarganiga oid soʻnggi haftalarda eʼlon qilingan eng yaxshi maqolalar va intervyular bayoni jamlandi.

Markaziy Osiyo va koronavirus: Nimalarni kutish mumkin?

BMT Tayvanni tan olmaydi

Tayvanda ilk koronavirus yuqtirganlik holati 21 yanvarda qayd etilgan edi, biroq 6 aprel holatiga koʻra, virus yuqtirganlar sonini atigi 373, vafot etganlar esa 5 kishi bilan cheklashning uddasidan chiqa oldi. Mamlakat Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga (JSST) aʼzo emas, chunki aʼzolik odatda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo mamlakatlarga beriladi, lekin BMT Tayvanni tan olmaydi. Hilton Yip (Hilton Yip) 16 martda yozishicha, uning hukumati Uxanda paydo boʻlgan sirli kasallik haqida xabarlar tarqalishi bilanoq oldini oluvchi choralar koʻra boshladi. Materikdagi Xitoydan 160 kilometr uzoqlikda joylashgan Tayvan 31 dekabrdayoq Uxan shahridan kelayotgan sayyohlarni tekshirishni yoʻlga qoʻydi, oʻzini-oʻzi karantinga olgan kishilarni kuzatish tizimini ishga soldi, yanvar oyidayoq tibbiy jihozlar ishlab chiqarishni koʻpaytira boshladi. (Tayvan shu paytgacha tibbiy anjomlar, xususan, tibbiyot niqoblari eksportini qayta yoʻlga qoʻygani yoʻq.)

Koronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri: Oʻzbekiston uchun xulosa va tavsiyalar

Dastlab Xitoydan tashqarida eng koʻp virus tarqalgan Janubiy Koreya hukumati ham hech qanday qattiq izolyasiya rejimi joriy qilmasdan yangi koronavirus tarqalishini susaytirishga muvaffaq boʻldi. Devi Sridhar 23 martda taʼkidlagani boʻyicha, mamlakatning ommaviy tekshiruv oʻtkazib, tashxis qoʻyishday namunali modeli kasallik tarqalishini jilovlashning yagona usuli boʻldi. Boshqa mamlakatlar saboq sifatida Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasini oʻrganishi kerak. 51 million aholiga ega Janubiy Koreyada alohida ajratilgan joylarda har kuni 20 mingdan oshiq kishi tibbiy koʻrikdan oʻtmoqda, JSST tavsiya qilganiday, kasallik yuqishi zanjirini uzib tashlash uchun izolyasiya qilishdan va kontaktlarni keng kuzatish usulidan foydalanilmoqda. “Janubiy Koreya ushbu model qanday qilib pirovardida kasallik tarqalishini kamaytirish, tibbiyot xizmatlariga boʻlgan bosimni bartaraf qilish va dunyodagi oʻlim holatlarining eng past koʻrsatkichlaridan birini saqlab qolish bilan oʻzini oqlayotganini namoyish etmoqda”, deb yozdi Sridhar.

Kanada Gʻarb mamlakatlari ichida ajralib turdi

Jastin Lang 13 martda yozishicha, Gʻarb mamlakatlari orasida Kanada qoʻshni Qoʻshma Shtatlarga nisbatan keng qamrovli tibbiy tekshiruvlarni yoʻlga qoʻygan. Kanada yanvar va fevralda test oʻtkazish va kasallik yuqtirgan kishilar bilan kontakt qilganlarni kuzatish boʻyicha infratuzilma yaratishga kirishdi. Bunday oldindan tayyorgarlik koʻrishga mamlakat 2003 yil SARS virusi keng tarqalgan paytda orttirilgan tajriba sabab boʻldi. (Oʻsha paytda ushbu virusni yuqtirish oqibatida Osiyo qitʼasidan tashqarida faqat Kanadada oʻlim holatlari qayd etilgan edi.) Kanadada yaxshi moliyalashtiriladigan ijtimoiy sogʻliqni saqlash tizimi mavjud, shu sababli u yerdagi COVID-19 virusini yuqtirganlik yoki yuqtirmaganlik uchun tibbiy tekshiruvdan oʻtish mezonlari Qoʻshma Shtatlardagiga oʻxshash cheklangan emas.

Oʻzbekistonda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida karantinga olish tartiblari eʼlon qilindi

“Kanada ushbu vaziyatga tayyorgarlik koʻrish uchun soʻnggi 20 yilni sarfladi. Ushbu mamlakat shubhali holatlarni dastlabki bosqichida aniqlab va qayerdan kelib chiqqanini surishtirib, shu paytgacha virus taʼsirini jilovlashga erishib kelmoqda", deb yozadi Ling.

Muvaffaqiyatlar kutilmaganda keldi

Ayrim muvaffaqiyatlarga kutilmaganda erishiladi. Foreign Policy jurnali xodimi Emi Makkinnon (Amy Mackinnon) Gruziya Donʼt Touch Your Face podkasti bilan ushbu virus tarqalishiga vaqtida munosabat bildirganini qayd etadi. Kichikligi va iqtisodiy ahvoli murakkabligiga qaramay, Gruziya fevral oxiriga kelib, maktablarni yopish, keng qamrovli tibbiy tekshiruvlar oʻtkazishday jiddiy choralar koʻra boshladi. Ushbu mamlakatda shu paytgacha 188 ta COVID-19 yuqtirganlik va 2 ta oʻlim holati qayd etilgan.

“Nazarimda, hukumat vaziyatni avvalboshdan jiddiy qabul qilgani yordam berdi”, dedi gruziyalik jurnalist Nataliya Antelava (Natalia Antelava) Makkinnonga.

Gruziyadagi boshqa kishilarning ham fikri shunday.

“Mamlakat inqirozlarga koʻnikib qolgan, fuqarolar urushini va Sovet Ittifoqi parchalanib ketgandan soʻng 90-yillarda qiyin davrni boshidan kechirgan”, dedi Antelava.

Makkinnon yana islandiyalik jurnalist Yelena Sirikdan (Jelena Ciric) ham intervyu oldi. Ushbu mamlakat aholi jon boshiga nisbatan tibbiy tekshiruv oʻtkazganlik holati boʻyicha dunyoda eng yuqori oʻrinda turadi. Bu ishni Reykyavikdagi xususiy tibbiy tadqiqotlar kompaniyasi amalga oshirdi. Ushbu tadqiqotdan pandemiyaga qarshi global javob choralarini axborot bilan taʼminlashda

Koronavirusni yuqtirmaslik uchun nimalarga ahamiyat qilish lozim

foydalaniladi.

“Bu bizga Islandiya aholisi oʻrtasida virus qanday tarqalayotganiga oid aniq manzarani koʻrsatib beradi. Virus yuqtirish ehtimoli yuqori boʻlgan kishilarning karantinga solishday erta choralar koʻrilgani natijasida u keng tarqalib ketmadi”, dedi Sirik.

Shvetsiya mardona turib bermoqda

"Yevropadagi koʻpgina mamlakatlar izolyasiya holatida, biroq bu Shvetsiyaga tegishli emas, mamlakat aholisi virusning keng tarqalish ehtimoliga qaramay, mardona turib bermoqda. U yerda koronavirusga chalinganlar soni 7 mingga yaqinlashgani qayd etilgan boʻlsada, lekin hukumat shvedlarni boshqalardan ajratib turuvchi yuksak ishonch madaniyati sabab odamlar buyruq olmasdan turib ham masʼuliyat bilan ish tutishga umid qilmoqda", deb yozdi Natali Rotshild (Nathalie Rothschild) 24 martda Stokgolmdan yuborgan xabarida.

“Vatandoshlar shaxsiy javobgarlikni zimmasiga olib, majburlamasalar ham odamlar toʻplangan joyga bormaydi va uyda oʻtirib ishlaydi, jamoat transportida boshqalar bilan oraliq masofani saqlaydi degan umid bor”, deb yozdi u.

Soʻnggi ikki haftada bu hisob-kitob qanchalik oʻzini oqlashi yoki oqlamasligi maʼlum boʻladi.

Eron statistikasiga shubha bilan qaralmoqda

Erondagi koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq statistika maʼlumotlariga jiddiy shubha bildirilmoqda. U yerda 6 aprel holatiga koʻra 58 mingdan ortiq koronavirus yuqtirganlik va 3600 dan ortiq oʻlim holatlari qayd etilgan. Haqiqiy raqamlar Eronni koronavius eng koʻp tarqalgan mamlakatga aylantirishi ham mumkin, deya taʼkidlaydi Maysam Bahravash (Maysam Behravesh). Yanvarda Xitoyda koronavirus yuqtirganlik holatlari koʻpayib borayotgan paytda ham Eron hukumati amaldorlari ikki mamlakat oʻrtasidagi bordi-keldini cheklamadi, diniy ziyoratgohlar shahri boʻlmish Qumda COVID-19 virusini yuqtirganlik ortidan dastlabki oʻlim holatlari qayd etilmaguncha, u tarqalib ketganini eʼlon qilishni paysalga solib keldi. Virus yuqtirgani sabab qoʻplab yuqori lavozimli amaldorlar ham vafot etdi. Bahravash Eronning virus tarqalishi oldini ola bilmaganini qisman mutaxassislar uning nima ekanini tushunmagani bilan izohladi.

Turkiya Oʻzbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test yetkazib beradi

"Eron hukumatining aholi salomatligiga koronavirus solayotgan xavfni umuman pisand qilmagani uning bunday xavf tabiatidan mutlaqo bexabarligidan kelib chiqadi", deb yozadi Maysam Bahravash

.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ