Koronavirusdan tuzalganlar soni yuzga yaqinlashdi
Yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni 14 aprel kuni soat 14:27 holatiga koʻra 99 nafarni tashkil etmoqda. Bugunning oʻzida jami 14 nafar fuqaro tuzalib, reabilitatsiyaga yuborildi.

Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida ilk bor koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 nafar bemor butkul sogʻaydi. Sogʻayganlar Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov va boshqa masʼullar ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Yana toʻrt nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Sogʻaygan bemorlarning 3 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ulardan 6 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Toshkent viloyatidan va 1 nafari Samarqand viloyatidan. Bemorlardan ikki nafari joriy yil 28 mart kuni charter reys orqali Turkiyadan Toshkentga kelgan. Qolgan sakkiz nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, infeksiya yuqtirib olgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 62 yoshda boʻlsa, eng yoshi kichigi 5 yoshda. Samarali davolash muolajalaridan keyin, soʻnggi tekshiruvlar ularning xastalikdan butkul forigʻ boʻlganini koʻrsatdi.
Ayni paytda qadar mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan jami 99 nafar bemor toʻliq sogʻaydi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Pandemiyaning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoatiga taʼsiri nisbatan yumshoq oʻtmoqda

COVID-19 pandemiyasi sharoitida davlatning puxta oʻylangan rivojlanish strategiyasi juda muhimdir – ekspert

Inqiroz ichidagi inqiroz: COVID-19 va xalqaro migratsiya

